Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jonson Ukrainadagi urush cho‘zilishiga tayyorlanishga chaqirdi. Britaniya armiyasi qo‘mondoni «Rossiyani yengishga qodir armiya» tuzishni taklif qildi
Buyuk Britaniya qurolli kuchlari bosh shtabiga iyun oyidan rahbar bo‘lgan general Patrik Sanders britan harbiylari Yevropadagi yangi urushga tayyor turishi kerakligini aytdi. U bu haqda o‘z qo‘li ostidagilarga yo‘llagan maktubida yozgan, undan parchalar The Independent va The Guardian gazetalarida e’lon qilingan.
«Hozir ittifoqchilarimiz bilan birgalikda jang qilib, Rossiyani jangda mag‘lub eta oladigan armiyani yaratish zarur… Biz — armiyani yana Yevropada jang qilishga tayyorlash kerak bo‘lgan avlodmiz», — degan Bosh shtab rahbari britan harbiylarining oldida turgan vazifalar sanalgan murojaatida.
«Rossiyaning Ukrainaga bosqini bizning asosiy vazifamizga urg‘u beradi — Buyuk Britaniyani himoya qilish va quruqlikdagi urushlarda g‘alaba qozonishga tayyor bo‘lish», — deya qo‘shimcha qilgan u. Sandersning hisoblashicha, «Rossiya tajovuzini jilovlovchi» tahdidlar zarur.
Patrik Sanders 1941 yildan beri Britaniya armiyasi qo‘mondonligini «Yevropada qit’a miqyosidagi derjavalar ishtirokidagi quruqlikda olib borilayotgan urush sharoitida» qabul qilib olgan ilk Bosh shtab boshlig‘i ekanini ta’kidlagan.
Britaniya nashrlari Sandersning maktubidan parchalarni mamlakat bosh vaziri Boris Jonsonning ittifoqchilarni bo‘shashmaslik va Ukrainadagi urush ukrain harbiylari g‘alabasiga qadar davom etishiga tayyorlanishga chaqirgan bayonoti fonida tarqatildi. U bu haqda 18 iyun kuni The Sunday Times gazetasida e’lon qilingan «Agar jasoratli Ukrainadan yuz o‘girsak, hech qachon xavfsizlikda bo‘lmaymiz» sarlavhali kolonkasida aytgan. Material Jonson urush boshidan buyon oldindan e’lon qilmagan holda ikkinchi bor Kiyevga tashrif buyurishidan keyingi kuni nashr etildi.
Jonson o‘z kolonkasida Ukrainani Rossiyaga qarshi turishda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqish zarurligini aytgan. U Ukrainaga qurol yetkazib berish va ukrain harbiylarini o‘qitishni davom ettirish, Ukrainaga yashovchanligini saqlab qolishda yordam ko‘rsatish, ukrain eksporti uchun quruqlikdagi muqobil yo‘nalishlarni rivojlantirish va ukrain oziq-ovqat mahsulotlarini dengiz orqali olib chiqish uchun xavfsiz yo‘lakni ta’minlashni taklif qilgan.
Jonson aprel oyida Ukrainadagi urush 2023 yil oxirigacha davom etishi mumkinligi haqida gapirgandi. Ukrainadagi urush cho‘zilishi haqida NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ham gapirgan. «Biz bu urush bir necha yillar davom etishi mumkinligiga tayyorlanishimiz lozim. Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni zaiflashtirmasligimiz kerak. Hatto bu xarajatlar yuqori bo‘lsa-da — nafaqat harbiy yordam uchun, balki energiya va oziq-ovqat narxlari ko‘tarilishi tufayli ham», — degandi NATO rahbari Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles iyun oyi boshida Britaniya ukrain harbiylarini «o‘ta muhim qurollar» bilan ta’minlashda yetakchi rolni o‘ynayotganini aytgandi. Buyuk Britaniya Ukrainaga besh mingdan ortiq tankka qarshi yengil qurollar, o‘rta masofaga harakatlanuvchi Brimstone 1 raketalari, Mastiff zirhli mashinalari va Starstreak havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib bergan. Iyun oyi boshida Buyuk Britaniya AQSh kabi Ukrainaga uzoq masofaga zarba beruvchi baravar o‘t ochish reaktiv tizimlarini yetkazib berishga qaror qildi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining dastlabki davrida, 1 mart kuni «Rossiya segodnya» davlat agentligi rahbari, teleboshlovchi Dmitriy Kiselev «Rossiya 1» kanali efirida «Sarmat» ballistik raketasi yoki «Poseydon» boshqaruvchisiz suvosti apparati «Buyuk Britaniyani bir lahzada cho‘ktirib yuborishi» aks etgan videografikani namoyish etgandi.
Mavzuga oid
22:31 / 03.03.2025
Boris Jonson Tramp nega Ukrainaga bosim qilayotganini tushuntirdi
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
23:14 / 30.09.2024
Boris Jonson migratsiya inqirozida Fransiya prezidentini aybladi
11:36 / 12.01.2024