Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston un importi hajmini oshirdi
5 oyda 158,4 ming tonna bug‘doy uni import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga qiymati 49 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 158,4 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.
Qayd etilishicha, bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,8 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlatlar quyidagicha:
- Qozog‘iston – 153,4 ming tonna;
- Rossiya – 4,9 ming tonna;
- AQSh – 50 tonna;
- Italiya – 27 tonna;
- Hindiston – 2 tonna;
- Fransiya – 1,8 tonna.
Bundan oldin O‘zbekiston bozorlarida kartoshka va piyoz narxi arzonlashgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:19 / 14.07.2026
O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 25 foizga oshdi
17:51 / 13.07.2026
O‘zbekistonda gazetalar soni 15 yilda uch barobar kamaydi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:25 / 06.07.2026