Jamiyat | 19:27 / 22.06.2022
10767
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Toshxo‘jayev 70 yoshida vafot etdi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, o‘nga yaqin she’riy va nasriy asarlar muallifi, taniqli jamoat va madaniyat arbobi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ahmadjon Toshxo‘jayev vafot etdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar qildi.

Ahmadjon Toshxo‘jayev 1952 yilning 15 martida Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. U G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish