Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxdagi metan zapravkada «Jiguli»ning gaz balloni portlab ketdi
Hodisa mashinaga o‘rnatilgan gaz ballonga gaz to‘ldirilayotganda sodir bo‘lgan.
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 23 iyun kuni soat 15:00 larda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani "Sovungarlik" MFY hududida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish kompressor stansiyasida gaz balloni portlash hodisasi sodir bo‘lgan.
«VAZ-2106 Jiguli» mashinasiga yonilg‘i to‘ldirish jarayonida unga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, halok bo‘lmagan. Boshqa transport vositalariga zarar yetmagan. Portlash tufayli yong‘in kelib chiqmagan, hodisa joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari chiqarilmagan.
Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, «VAZ-2106 Jiguli» transport vositasidagi nosozlik baxtsiz hodisaga sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Toshkent shahridagi avtoturargohda turgan Isuzu yuk mashinasining gaz balloni portlab ketgan va oqibatda bir nechta yuk mashinalari shikastlangandi.
Mavzuga oid
08:47 / 16.05.2026
Koreyaga ishchi vizasi olib berish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
16:30 / 30.03.2026
Jizzaxda simyog‘och qulashi oqibatida uch qoramol nobud bo‘ldi
08:53 / 18.03.2026