Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida o‘tkaziladigan “Yangi nafas” yoshlar marafoni munosabati bilan 25-26 iyun kunlari Toshkent shahridagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, 25 iyun kuni soat 18:00 dan 26 iyun kuni soat 10:00 gacha:
Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;

26 iyun kuni soat 6:30 dan soat 9:00 gacha:
- Sharof Rashidov shohko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
- Islom Karimov shohko‘chasi – Sharof Rashidov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha bo‘lgan yo‘l qismi vaqtincha yopiladi.

Toshkent shahar hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
10:20
Toshkent va Andijonda yirik korrupsiya holatlariga chek qo‘yildi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026