Paxta hosildorligini va uni qayta işlaş hajmini oşiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda prezident Özbekistonning xorijdagi elçilarida töqimaçilik sanoatiga investorlar jalb qiliş masalasida taşabbuslar yöqligini tanqid qildi. 

«Özbek paxtasiga boykot bekor qilinganidan söng, xorijiy brend va yirik kompaniyalar mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilişga, milliy mahsulotlarimizga katta qiziqiş bildirmoqdalar.

Lekin, oçiq aytiş kerak, töqimaçilik sanoatini taşqi bozorlarga olib çiqiş, brendlar va yirik korxonalarni jalb qilişda elçixonalar işlamayapti.

Misol uçun, bizdagi Turkiya, Xitoy, Germaniya kabi boşqa davlatlar elçilari öz mamlakati tadbirkorlarining manfaatini himoya qiliş uçun vazir, hokim, hatto korxonagaça borişdan çarçamaydi.

Lekin, bizning elçilarda bunday taşabbus hali yöq!» dedi prezident.

Şu munosabat bilan yil yakuniga qadar:

  • Ispaniya, Germaniya va Şvetsiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Polşa, Yaponiya, Turkiya, AQŞdagi elçilar bilan birga 50 ta xorijiy brendlarni yurtimizga olib keliş;
  • xalqaro körgazmalarda kamida 30 ta özbekistonlik işlab çiqaruvçi mahsulotini olib çiqib, 50 million dollardan buyurtma olişni ta’minlaş topşirildi.

Şuningdek, brendlarni jalb qilişga:

  • böyalgan trikotaj mato va gazlama eksport qiluvçilarga 10 foizgaça miqdorda subsidiya beriladi;
  • xorijiy brendlar va ularga tayyor mahsulot yetkazib berayotgan mahalliy korxonalarning buyurtmalariga asosan alohida aviareyslar yölga qöyiladi.

Şu bilan birga, brendlar uçun zarur bölgan furnituralarning 90 foizi import qilinmoqda.

Şuning uçun, mutasaddilarga:

  • bir oy muddatda furnitura va aksessuarlar işlab çiqariş dasturini işlab çiqiş;
  • Andijon, Namangan va Toşkent viloyatlarida yil yakuniga qadar 4 tadan furnitura korxonalarini işga tuşiriş topşirildi.

Prezident tayyor mahsulot işlab çiqaruvçi korxonalarning Aksessuar va furnitura işlab çiqaruvçilar uyuşmasini taşkil etiş taşabbusini qöllab-quvvatladi.