«Vikipediyada 100 nafar o‘zbek alloma va mutafakkirlari haqida ma’lumotlar bazasi yaratiladi» – prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev internet tarmog‘ida o‘zbek milliy kontentini rivojlantirish uchun 10 mlrd ajratilishini aytdi. Bu haqida Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Yoshlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev internetda o‘zbek milliy kontentini yaratish va rivojlantirish uchun 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishini aytdi.
«Hozir vikipediya tarmog‘ida O‘zbekiston haqida 10 mingtadan ortiq maqolalar borligini eshitib xursand bo‘ldim.
Ana shu tajriba asosida, internet tarmog‘ida o‘zbek milliy kontentini rivojlantirish dasturi amalga oshiriladi», dedi davlat rahbari.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston tarixini matnli va video kontentlar orqali targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratiladi va 100 nafar buyuk o‘zbek alloma va mutafakkirlarning internetdagi ma’lumotlar bazasini yaratish, ularning asarlarini ommalashtiriladi.
«Vikipediyada o‘zbek tilidagi maqolalar sonini 100 mingtaga yetkazish va xorijiy tillarda ham O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish yaxshi samara berishi shubhasiz.
Ushbu maqsadlar uchun 10 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Bunday tadbirlarga, bilimli va shijoatli volontyor yoshlarni jalb qilish hamda ularning faoliyatini tizimli ravishda rag‘batlantirib borish lozim», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xiaomi Redmi A5’ni taqdim etdi: kuchli kameralar va yuqori samaradorlik yangi dizaynda
O‘zbekiston | 15:00
-
«Xalqaro institutlar bugun samarasiz bo‘lib boryapti» – prezident global iqtisodiy holat haqida
O‘zbekiston | 14:44
-
Latviya o‘zbekistonlik haydovchilarni Boltiqbo‘yi va Skandinaviya mamlakatlarida ishga joylashtiradi
O‘zbekiston | 14:12
-
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi
Jahon | 13:53
Mavzuga oid

17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi

00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi

20:19 / 24.12.2024