Qariyb bir kunlik tanaffusdan so‘ng YHXB bazasi faoliyati tiklandi
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari tasarrufidagi elektron tizimlar 5 iyul soat 14:05 dan 6 iyul soat 12:30 gacha ishlamagani aytilmoqda.

Foto: Kun.uz
IIV JXD YHXX axborot xizmatining xabar berishicha, hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari foydalanishida bo‘lgan tizimlar joylashgan server qurilmalarida kutilmagan texnik nosozliklar yuzaga kelgani sababli joriy yilning 5 iyul kuni soat 14:05 dan 6 iyul kuni soat 12:30 ga qadar vaqtincha tizimlar ishlamagan.
“Hozirda nosozliklar to‘liq bartaraf etilganini va tizim uzluksiz ishlab turganini ma’lum qilamiz. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati fuqarolardan uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.
Biroq na YHXX rasmiy saytida, na xizmatning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida serverda profilaktika ishlari olib borilayotgani, shu bois fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi elektron tizimlar noma’lum muddatgacha ishlamasligidan ogohlantirish e’lon qilinmagan.
Qolaversa, tizim faoliyati tiklangani haqida soat 12:30 da yoki 13:00 da emas, balki nima uchundir 19:02 da ma’lum qilingan.
Garchi serverdagi nosozlik soat 12:30 da bartaraf etilgani xabar berilgan esa-da, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining Telegram’dagi rasmiy kanalida soat 13:36 da e’lon qilingan xabarda YHXX serveri ishlamayotgani uchun ayrim xizmatlardan foydalanishda uzilishlar bo‘lishi haqida so‘z boradi. Bu esa tizim YHXX axborot xizmati xabar berayotganidek soat 12:30 da tiklanmaganini ko‘rsatmoqda.
“Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati server qurilmalarida texnik ishlar olib borilayotgani sababli my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi “Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish”, “Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish” va boshqa xizmatlardan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, YHXX serveri ishlamay qolishi kecha yoki bugun kuzatilayotgani yo‘q. Bundan bir oy muqaddam – 6 iyun kuni YHXB ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari foydalanishida bo‘lgan tizimlar joylashgan server qurilmalarida nosozliklar yuzaga kelgani sababli tizimlar vaqtincha ishlamay qolgandi.
2021 yilning noyabrida esa IIV YHXBB ma’lumotlar bazasi kiberhujumga uchragani oqibatida respublika miqyosida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar haqidagi barcha ma’lumotlar o‘chib ketgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan, keyinchalik ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi bildirilgandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kambag‘al oilalar reyestridagi ayrim oilalar passiv daromad oladi
O‘zbekiston | 12:44
-
Eron AQSh ishtirokida uranni boyitish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qildi
Jahon | 12:18
-
Yevroittifoq Ukraina tovarlariga bojlarni qaytarish niyatida
Jahon | 12:15
-
“Akromjon emas, Xamitbekman” – xavfli jinoyatchining 15 yillik siri
Jamiyat | 12:11
Mavzuga oid

15:59 / 26.04.2025
“Namanganda avtomobillarni ijaraga beruvchi guruhlarning 90 foiz a’zosi o‘quvchilar” - viloyat YHXB boshlig‘i

14:29 / 22.04.2025
“Hokimning xizmat mashinasi 47 ta qoidabuzarlik sodir etgan” – YHXB Namangan shahar hokimiga javob qaytardi

18:38 / 21.04.2025
“Fuqarolarga zarar keltirmoqda” – Namangan shahar hokimi viloyat YHXBdan noqonuniy radarlarni olib tashlashni so‘radi

20:04 / 13.02.2025