Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergey Yejkov sudda Komil Allamjonovdan uzr so‘radi
Uzmetronom nashri asoschisi Sergey Yejkov Mass-media fondi raisi haqida tekshirilmagan ma’lumotlarni e’lon qilgani uchun sud majlisida undan uzr so‘radi. Shundan so‘ng Komil Allamjonov arizasini qaytarib olishga qaror qildi. “Har qanday bahsli holatlar o‘zaro kelishuv yoki sud orqali bo‘lishi kerak. Ishoning, bu “podval”dagi so‘roqlardan, turli noqonuniy chaqiruv va qo‘ng‘iroqlardan ming marta to‘g‘ri”, dedi Allamjonov.

Sergey Yejkov va Komil Allamjonov
6 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Mass-media fondi raisi Komil Allamjonovning unga nisbatan Uzmetronom saytida tuhmat qilinganiga oid da’vosi yuzasidan ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda nashr o‘z saytida xabar berdi.
Sud majlisida nashr asoschisi, ayblanuvchi Sergey Yejkov mazkur jinoyat ishi obekti bo‘lgan ma’lumotlarni shu yil fevralda Eltuz manbasidan olib tarqatgani, bu jarayonda materialdagi iddaolarni yetarlicha o‘rganmaganini tan oldi.
Yejkov sud majlisida buning uchun Komil Allamjonovdan uzr so‘radi.
Allamjonov ayblanuvchi uzr so‘ragani sabab o‘z arizasini qaytarib olishga qaror qildi.
“Maqsadim Sergey Yejkovni jazolash emas, uning nohaq ekanligini isbotlash edi. U buni tan oldi. Materialni tekshirmay berganini aytdi. Menga shu yetadi”, deya yozdi da’vogar o‘z Telegram-kanalida.
Majlis yakunida ikki taraf qo‘l siqib ko‘rishdi. Allamjonov Yejkov va uning advokatiga o‘zi yozgan “Allamjonov aybdor” nomli kitobini sovg‘a qildi; sudlanuvchiga berilgan kitobga “Qadrli aka S.A. Yejkovga, sud zalidan esdalik” deya dastxat yozilgan.
“Bir narsani unutmaslik kerak. So‘z erkinligi bu – mas’uliyat, ya’ni har bir gapga javob berish degani. Va har qanday bahsli holatlar o‘zaro kelishuv yoki sud orqali bo‘lishi kerak. Ishoning, bu “podval”dagi so‘roqlardan, turli noqonuniy chaqiruv va qo‘ng‘iroqlardan ming marta to‘g‘ri va ta’sirliroq. Barcha demokratik jamiyatlarda aynan shunday”, deya kanalida yozdi Komil Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, Uzmetronom'da “Brilliant bola” sarlavhasi bilan chiqqan materialda Komil Allamjonov go‘yoki O‘zbekistonga 4,2 mln dollarlik taqinchoqlarni bojsiz olib kirishda sherik bo‘lgani iddao qilingan.
Avvalroq bu ma’lumotning birlamchi manbasi – xorijdagi Eltuz tahririyati ham Allamjonovdan uzr so‘rab, Germaniya qonunchiligi asosida jarima to‘lashga tayyorligini bildirgandi.
Bu ma’lumotlarni qo‘shimcha surishtiruvsiz, xususan ikkinchi tomondan izoh olmagan holda e’lon qilib yuborgan Uzmetronom sayti ham Eltuz birlamchi materialni o‘chirishi ortidan o‘z resurslaridan maqolani olib tashlagan.
Sudda ko‘rilayotgan ish Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. Agar jarayon davom etib, sud ayblanuvchini jinoyat sodir etgan deb topsa, u kamida 200 BHM (60 mln so‘m) jarimaga tortilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘onlar deportatsiyasi, Tojikistonga yordam, AES va matbuotga ta’sirning qirqilishi – MO hafta ichida
Jahon | 12:14
-
🔴 LIVE: 15 avgust, Alyaska. Katta uchrashuvdan kutilmalar
Jahon | 11:22
-
Putin Donbass evaziga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishini aytgan. Zelenskiy javob qaytardi
Jahon | 10:17
-
Sea Breeze'ga ruxsat, chorasiz maktablar va yopiq budjet - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

07:57 / 09.08.2025
Qirg‘iziston prezidenti OAV to‘g‘risidagi bahsli qonunni imzoladi

17:30 / 01.08.2025
Farg‘onada IIB xodimining uyida tintuv o‘tkazildi

07:36 / 28.07.2025
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi

16:12 / 24.07.2025