O‘zbekiston | 19:57 / 09.07.2022
27439
2 daqiqa o‘qiladi

Pandemiyadan keyingi ilk Qurbon hayiti namozidan fotojamlanma

Bugun, 9 iyul kuni pandemiyadan so‘ng O‘zbekistondagi masjidlarda ilk bor Qurbon hayiti namozi o‘qildi. Kun.uz'ning poytaxt Toshkent va yurtimizning boshqa hududlaridagi muxbirlari hayit namozi o‘qilgan bir qancha masjidlardan fotojamlanma taqdim qilmoqda.

Toshkent shahridagi Mulla Qosim jome masjidiga Hayit namozini o‘qish uchun kelayotgan namozxonlar

Bugun, bir necha haftalikdan issiqdan so‘ng bugun havo biroz salqinladi.

«Hazrati Imom» majmuasidagi katta maydonda hayit namozi bu safar Musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov boshchiligida o‘qildi. Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ayni vaqtda Haj ziyoratida.

Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi

Andijondagi yirik masjidlardan biri «Xolid ibn Valid» masjidida esa 10 mingdan ortiq namozxonlar Hayit namozini ado etdi.

Namangan viloyati, Mingbuloq tumanida Hayit namozi shukuhi

Namangan viloyati, Uychi tumanidagi «Xudoyberdi Eshon» masjidida Hayit shukuhi

Termiz tumanidagi «Manguzar» jome masjidida Hayit namozi

Toshkentdagi «Minor» masjidida o‘qilgan Hayit namozi shukuhi

Foto: Toshkent shahar vakilligi
Foto: Toshkent shahar vakilligi
Foto: Toshkent shahar vakilligi
Foto: Toshkent shahar vakilligi

Samarqand viloyatidagi eng katta masjid – Urgut tumani markaziy jome masjidida 10 mingdan ortiq namozxon Hayit namozini o‘qidi.

Jizzax viloyatidagi “Qo‘shchinor” masjidida Hayit namozi shukuhi.

 

Mavzuga oid