Sönggi 50 yildagi eng yirik energetik inqiroz va uning jahonga tahdidi
|13:37 / 10.07.202223 74810 min
Yevropadagi energetik inqiroz 2021 yilning kuzidayoq boşlangandi. Öşanda tabiiy gaz va boşqa energiya resurslariga narxlar keskin oşa boşladi. Bunga sabab qilib Norvegiya, Rossiya va AQŞdan yetkazib beriladigan gaz hajmi qisqarişi körsatilgandi.
Jahon jiddiy energetika inqirozi yoqasida. Foto: m.123ru.net
Yevropada mahalliy gaz qazib oliş hajmlari qisqarişi ham vaziyatga öz ta’sirini ötkazgan. 2022 yilga kelib vaziyat öta yomonlaşdi, ekspertlar fikriça, bundan buyon ham yomonlaşişda davom etadi. Natijada joriy inqiroz sönggi 50 yil içidagi eng dahşatlisi bölişi mumkin, deydi AQŞ neft va gaz assotsiatsiyasi prezidenti Tim Styuart.
Jahon uçun uşbu inqiroz nimalarni keltirib çiqaradi va nimalarga tayyor turiş kerak? Hi-News.ru maqolasida şular haqida fikr yuritilgan.
Energetika inqirozi va Rossiyaga qarşi sanksiyalar
Ayni paytga kelib jahonda neft inqirozi, gaz inqirozi va elektr energiyasi inqirozi böy körsatib bölgan. Yoz oylarida vaziyat önglanadi deb öylaşgandi, çunki bu vaqtga kelib mamlakatlar qişki isitiş mavsumigaça energiya resurslarini jamğarib olişlari mumkin edi. Biroq xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birolning ta’kidlaşiça, issiq yoz aksinça energetika inqirozini yanada çuqurlaştirişi mumkin.
Bu energiyaning katta qismi havoni sovitiş uçun ketişi bilan boğliq. Bir vaqtning özida Yevropada benzin, kerosin va dizel yonilğisi yetişmovçiligi paydo bölişi mumkin. Lekin sabab birgina sovitiş bilan boğliq emas. Yevroittifoq mamlakatlari Rossiyaga qarşi sanksiyalarning navbatdagi töplamini ma’qullaşdi, unga köra rus nefti importining uçdan ikki qismiga embargo joriy etiladi. Rossiya uçun bu 22 mlrd dollar yöqotiş degani, Yevropa uçun esa — energiya resurslari bilan muammolar kattalaşişini bildiradi.
Rossiya neftiga embargo vaziyatni yanada çuqurlaştirmoqda. Foto: forpost-sz.ru
Sanksiyalarning oltinçi töplami olti oydan söng çekli tarzda kuçga kirgaç alyans davlatlariga neftning dengiz orqali yetkazib berilişiga taqiq joriy etiladi. Sakkiz oydan söng neft mahsulotlari yetkazilişiga ham taqiq kuçga kiradi. Faqatgina «Drujba» neft quvuri orqali yetkazib berişga taqiq joriy etilmayapti.
Bundan taşqari, vaziyatni treyderlarning öz-özini çeklaşi ham qiyinlaştirmoqda. Ya’ni ular Rossiyadan neft xarid qilişga rasman taqiq olişmagan, lekin jamoatçilik bosimidan hayiqib, xarid hajmini qisqartirişmoqda.
Mavzuga oid
Xalqaro energetika assotsiatsiyasi taxminiga köra, Rossiyadan neft yetkazib beriş hajmi sutkasiga 9,6 mln barrelgaça qisqaradi. Bunday past hajm sönggi marta 2004 yilda kuzatilgan. Fotih Birol ham, Tim Styuart ham bu neft inqirozi sönggi 50 yil içida eng yirigi bölişini taxmin qilişmoqda va u 70-80-yillardagi inqirozdan uzoqroq davom etadi.
Hozirga kelib benzin va dizel yonilğisi haddan ziyod qimmat bölib ketgan, boz ustiga ularning zaxiralari juda past darajada. Biroq hamma ekspertlar ham barça energiya resurslarini qamrab olgan energetika inqirozi şu yozning özida çuqurlaşadi, degan fikrda emas. Ayrim tahlilçilarning fikriça, yonilği taqçilligi kuzatilgan taqdirda ham u keng miqyosda bölmaydi. Çinakam jiddiy inqiroz yarim yil ötgaç, yil oxirlariga borib paydo böladi.
Energetika inqirozining boşqa sabablari
Inqirozning paydo bölişiga mamlakatlarning qayta tiklanuvçi energetikaga ötişga bölgan urinişlari ham turtki böldi. Ma’lumki, buning asosida şamol va quyoş kabi beqaror manbalar yotadi. Aniqlanişiça, dunyo hali an’anaviy energetika manbalaridan töliq xalos bölişga tayyor emas ekan.
Bundan taşqari, iqlim bilan boğliq omillar ham öz ta’sirini körsatgan. Masalan, Lotin Amerikasida energetika inqirozi GESlarning işiga ham öz ta’sirini ötkazgan qattiq qurğoqçilik şaroitida yuzaga kelgan.
Inqiroz sabablaridan biri qayta tiklanuvçi energiya manbalariga ötişdir. Foto: kartinkin.net
Xitoyda ham murakkab vaziyat hukmron, suv toşqinlari natijasida bu yerda 60 dan ziyod kömir şaxtalarini suv bosgan. Bundan taşqari, havoga çiqarilayotgan zararli gazlarga qarşi kuraş va ekologiya talablari qat’iylaştirilişi ham köplab kömir qazib oluvçi kompaniyalar yopilişiga olib kelgan. Misr gaz yetişmovçiligiga boşqa sabab tufayli duçor bölgan — jangovar harakatlar natijasida Suriyadan ötuvçi tranzit gaz quvurining uçastkalariga şikast yetgan.
Energetika inqirozini qanday bartaraf etiş mumkin?
Inqirozdan qoçiş yoki kamida uning oqibatlarini kamaytiriş bilan boğliq bir neça omil mavjud. Masalan, Eron yadroviy bitimini imzolab, binobarin, neft yetkazib berişni oşiriş bilan energiya resurslari bozorida vaziyat önglanişi mumkin. Xitoy öz iqtisodiyoti kuçsizlanişi natijasida xarid hajmini kamaytira boşlasa ham vaziyatga ijobiy ta’sir paydo böladi.
OPEC+ a’zosi bölgan arab davlatlari agar qazib olişni köpaytirsa, neft va neft mahsulotlari yetişmovçiligini qisman kompensatsiya qilişi mumkin. Biroq bu omillarning barçasiga tayaniş yaramaydi.
Arab amirliklari kabi davlatlar qazib olişni köpaytirib yetişmovçilikni yumşatişi mumkin. Foto: tass.ru
Jahon energetika inqirozi oqibatlari
Energiya resurslari narxi ortişi barça davlatlarga ta’sir qiladi, ayniqsa zarur zaxiralarga ega bölmagan davlatlarga. Birinçi navbatda elektr energiyasi va isitiş narxi oşadi. Undan söng barça tovarlarning narxi oşa boşlaydi. Köplab davlatlarda bu jarayon allaqaçon boşlangan.
Narxning keskin oşişi ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari — göşt, ğalla, meva va sabzavotlarga taalluqli böladi. Fermerlar hozirdanoq öğit narxi kötarilganini qayd etişmoqda. Aytiş joizki, dunyoda oziq-ovqat inqirozi energetika inqirozisiz ham böy körsatib bölgandi. Endi yanada yaqqol namoyon böladi. Jahon ayni paytga kelib non yetişmovçiligi yoqasida turibdi.
Dunyo oçarçilik va işsizlikdan qattiq jabr körişi mumkin. Foto: infosmi.net
Energetika inqirozidan metallurgiya, quriliş materiallari işlab çiqariş va maşinasozlik ham qattiq jabr köradi. Şuningdek, u maişiy texnika, elektronika işlab çiqariş, avtomobilsozlik kabi sohalarda ham aks etadi. Halokatli vaziyat odatiy tarzda avval eng qaşşoq davlatlarda paydo böladi, ularda oçarçilik vujudga keladi. Boy davlatlarni ham işsizlik, inflatsiya va ayrim mahsulotlarning tanqisligi qiynaydi.
NZT Rusfond boş direktori Igor Şimkoning aytişiça, energetika inqirozi albatta stagflyatsiyani vujudga keltiradi. Bu inflatsiya va iqtisodiyotning depressiv holati natijasida vujudga kelgan vaziyatdir. Bu holatda iste’molçilar öz ehtiyojlari uçun kerakli darajada mahsulotlar va xizmatlarni xarid qila olişmaydi. Bunday vaziyat qançagaça çözilişi mumkin? Bu savolga heç kim aniq javob bera olmaydi, biroq ekspertlarning xulosalari xavotirli. Ularning fikriça, inqiroz juda uzoq davom etadi.
Rivojlangan davlatlar IES va peçka bilan isitişga qaytadimi?
Kömir yordamida elektr energiyasini generatsiya qilişga qaytişni tobora köp davlatlar tilga olmoqda. Birinçilar safida Buyuk Britaniya bor va ular IESlarni qayta işga tuşirişni jiddiy muhokama qilişmoqda. Hattoki Avstraliya ham ilgari yopib taşlangan kömir bilan işlovçi elektr stansiyalarini qayta işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda mamlakat resurslar vaziri Madleyn King aytib ötgan. Uning sözlariga köra, 2020 yilda yopib taşlangan kömir elektr stansiyalari mamlakatda energetika inqirozi paydo bölişiga boş sabab bölgan.
Vazirning aytişiça, Avstraliya yana 30 foiz energiya quvvatlariga ega bölişi va qişdan eson-omon ötib olişi uçun operatorlar imkon qadar tezroq issiqlik elektr stansiyalarini qayta işga tuşirişlari kerak. Aftidan, köplab davlatlar ham şunday yöl tutişadi. Bundan taşqari, örmonga boy Yevropa davlatlari qişda peçkada isinişdan umid qilib turişibdi.
Masalan, Polşa hukumati uyni isitiş uçun davlat örmonlaridan qurigan şox-şabbalarini tekinga yiğişni fuqarolarga taklif qildi. Estoniyada ham şunday imkoniyat bor, faqat bu taklif pulli. Finlandiya va Şvetsiyada ham ötin yordamida isiniş ommaviy bölib ketişi kutilmoqda. Masalan, Finlandiyada deyarli har bir uyda kamin bor, ayrim odamlar sovuq kunlarda unda ötin yoqib turişgan.
Qişda ötin yordamida isiniş — Yevropaning ayrim davlatlari uçun real istiqbol. Foto: swedensauna.ru
Biroq ötin yordamida isinişni Yevropaning barça davlatlari ham öziga ep köra olmaydi, çunki ularning hammasida ham örmon yöq. Boz ustiga, sönggi yillarda ötinning narxi ham bir neça barobarga kötarilib ketdi. Şu sababli, iqtisodiy imkoniyatlari pastroq yevropaliklar uçun qişga ötin jamğariş amalda bajarib bölmas vazifaga aylanişi mumkin.
Nima bölganda ham, global iqlim isişiga qarşi kuraşiş keyingi planga ötib qolganini köriş mumkin. Energetika inqirozi ayni damda real va jiddiy xavf sifatida qabul qilinmoqda. Binobarin, sayyoramizda harorat oşişda davom etadi va bu ekologik, iqlimiy, iqtisodiy va oziq-ovqat bilan boğliq boşqa muammolarni keltirib çiqaraveradi.