2030 yilga borib Özbekiston 10–15 milliard kW·h elektr energiyasini xorijga eksport qila oladi. Bu haqda 6 noyabr kuni Özbekistonda bölib ötgan Yevropa iqtisodiyoti kunlari mavzusida Spot naşriga bergan intervyusida energetika vaziri örinbosari Umid Mamadaminov ma’lum qildi.
«2030 yilda elektr energiyasiga bölgan ehtiyoj 120–125 mlrd kW·h atrofida bölişi prognoz qilinmoqda. Bizda köplab generatsiya obektlari mavjud – taxminan 135 mlrd kW·h. Infratuzilma tayyor bölişi bilan elektr energiyasini Yevropaga eksport qiliş mumkin», – dedi Energetika vazirligi rahbari örinbosari.
Gap elektr energiyasini Yevropaga «kabel koridori» — «yaşil yölak» orqali yetkazib beriş haqida bormoqda. Özbekiston 2030 yildan boşlab mamlakatda işlab çiqarilgan ortiqça «yaşil» elektr energiyasini Ozarboyjon orqali Yevropaga eksport qilişni rejalaştirmoqda. Iyulda Ostona şahrida Özbekiston, Ozarboyjon va Qozoğiston «Markaziy Osiyo — Ozarboyjon — Yevropa» «yaşil energetika» yölagini yaratiş loyihasi böyiça protokol imzolagandi. Bahorda Toşkentda bölib ötgan investitsiyaviy forumda energetika tizimlarini integratsiyalaş böyiça hamkorlik memorandumi imzolangan.
Spot’ning Yevropaga eksport qilinadigan elektr energiyasi narxi haqidagi savoliga Mamadaminov narxni bozor belgilaşi, lekin har kilovatt uçun kamida 4–5 sent bölişini aytdi.
Keça, 12 noyabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Bokuda bölib ötayotgan BMTning iqlim konferensiyasidagi nutqida Özbekistonning Yevropaga “yaşil” energiya eksport qilişini közda tutuvçi köp tomonlama bitim yaqin kunlarda imzolanişini ma’lum qildi.











