Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gazlashmagan hovlilarga svet uchun chegirma berish haqidagi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 1 yanvardan gazlashmagan hovlilarga elektr energiyasi uchun 50 foiz chegirma berilishi rejalashtirilayotganini aytgandi. Kun.uz vazirlikdan olgan ma’lumotga ko‘ra, bu boradagi qaror loyihasi tayyorlanib, tegishli tashkilotlarga yuborilgan.
O‘zbekistonda tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarda aholiga elektr energiyasi uchun to‘lov qilishda yengillik yaratishga qaratilgan qaror loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Kun.uz savoliga javoban Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hujjat loyihasi ayni paytda tegishli tashkilotlarga yuborilgan.
Bu yangilik haqida bundan bir oy oldin energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Lolazor” podkastidagi chiqishida aytib o‘tgandi. U gazlashtirilmagan hovlilar uchun ham elektr energiya tariflariga 50 foizlik chegirma berish bo‘yicha topshiriq bo‘lganini ta’kidlagan.
“Ayni paytda ko‘p qavatli uylar uchun [gazlashtirilmagan] elektr energiyasiga 50 foiz chegirma amal qiladi. Biz gazlashmagan hovlili xonadonlarga nisbatan ham buni qo‘llash bo‘yicha topshiriq olganmiz. Chegirma ularga ham 50 foiz bo‘ladi. Bu bo‘yicha tegishli vazirliklar bilan ishlayapmiz. Shuningdek, sanoat korxonalariga ham yuklamaga qarab oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llash rejalashtirilyapti”, – degandi vazir.
Mavzuga oid
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
10:32 / 03.06.2026
Sho‘rtan GKMni kengaytirish doirasidagi 643 mlrd so‘mlik talon-toroj fosh etildi
10:40 / 01.06.2026
Metan-shoxobchalarda gaz narxi ko‘tarildi
21:35 / 20.05.2026