DXX Toshkent va Sirdaryoda farzandini sotgan ayollarni qo‘lga oldi
Toshkent va Sirdaryoda farzandini sotgan ayollar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, poytaxtda yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan A.Sh. joriy yil 15 iyun kuni tug‘ilgan farzandini 35 ming AQSh dollariga sotib, kelgusida bolani qaytarib olish uchun da’vo qilmaslik bo‘yicha tilxat yozib bergan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, uning mazkur noqonuniy harakatini amalga oshirishida yordam bergani uchun 200 AQSh dollari olgan tug‘uruqxona shifokori ham qo‘lga olindi.
Boshqa holatda esa, Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Boyovut tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, 1993 yilda tug‘ilgan X.D. o‘zining 2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini 16 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:40 / 09.10.2024
Toshkent havosining iflosligi yiliga 3 ming kishining bevaqt o‘limiga olib keladi - hisobot
20:45 / 09.10.2024
Toshkent shahri Bosh rejaga ko‘ra 3 ta zonaga ajratiladi
15:55 / 09.10.2024
Toshkentda inson a’zolari oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan talaba jinoiy jazoga tortildi
11:50 / 09.10.2024