O‘zbekiston | 09:52 / 15.07.2022
13929
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyatining birinchi hokimi vafot etdi

Sobiq viloyat hokimi 77 yoshda bo‘lgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, viloyatning ilk hokimi Temir Xidirov vafot etgan.

1945 yil Qarshi tumanida tug‘ilgan Temur Xidirov Qashqadaryo viloyatining ilk hokimi hisoblanadi. U Qashqadaryoga 1992 yil 27 yanvardan 1995 yil 29 noyabrga qadar 3 yil-u 10 oy 2 kun rahbarlik qilgan.

T.Xidirov sovet davrida turli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, Qashqadaryo viloyati suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, viloyat partiya qo‘mitasining birinchi kotibi, O‘zbekiston kompartiyasi huzuridagi suv xo‘jaligi sektori rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish