O‘zbekiston | 13:19 / 19.07.2022
17603
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Denazavrik sharbatlari va nektarlari bilan yorqin hamda mazali yozgi ta’til

Foto: MarwinBrands

MarwinBrands’dan Denazavrik bolalar sharbatlari — gazlangan ichimliklar va sneklarga foydali muqobil.

Yozgi ta’til — har bir bola uchun yilning orziqib kutilgan vaqti. Sayohatlar, suv havzalariga borish va boshqa yozgi sarguzashtlarni shirinliklar, ichimliklar va sneklarsiz tasavvur qilish juda qiyin. Mas’uliyatli ota-onalar o‘z farzandlarining ovqatlanishini nazorat qilib borishlariga va ularga faqat tabiiy mahsulotlar berishga intilishlariga qaramay, ba’zida bolaning ko‘ngliga qarab uning xohishlarini amalga oshirish, uni erkalatish istagi tug‘iladi. Biroq totli mahsulot, foydali ham bo‘lishi mumkin!

Misol uchun, shirin gazlangan ichimlikni butun oila uchun boshqa shunga o‘xshash mazali ichimliklar bilan osongina almashtirish mumkin. Tabiiy meva pyuresidan tayyorlangan sharbatlar gazlangan va shirin ichimliklarga munosib muqobil bo‘la oladi.

Denazavrik — MarwinBrands kompaniyasining bolalar sharbati bo‘lib, u bolalarga yil davomida sarxil mevalarning tabiiy ta’mi va foydasidan bahramand bo‘lishlariga yordam berish uchun maxsus yaratilgan. Dena kompaniyasining barcha mahsulotlari kabi, bolalar sharbatlari tarkibida ham konservantlar, sun’iy rang beruvchilar, quyuqlashtiruvchilar, shira ta’m beruvchilar va GMOlar mavjud emas, bu jihati ularni hatto eng jajji iste’molchilar uchun ham butunlay xavfsiz qiladi. Ishlab chiqarish jarayonida eng yuqori gigiyena talablariga alohida e’tibor qaratiladi.

Denazavrik sharbatlarini tayyorlashning zamonaviy texnologiyasi meva va rezavorlarning tabiiy foydasini saqlab qolgan holda, sharbatni nafaqat totli, balki chinakam foydali ham qiladi. Quvnoq Denazavrik quyilgan yorqin qadoq bola qo‘liga tushguniga qadar, sharbatlarning sifat va barcha xavfsizlik talablariga muvofiqligi ko‘p bosqichli tekshiruvdan o‘tkaziladi. Denazavrik sharbatlari bolalarga alohida mas’uliyat va g‘amxo‘rlik bilan ishlab chiqariladi, shuning uchun ham butun mamlakat bo‘ylab yuzlab ota-onalar ushbu belgiga ishonch bildiradilar.

Nima uchun bolalar Denazavrik sharbatlarini xush ko‘radilar? Albatta, boy ta’m va sevimliga aylangan qahramon tasviri tushirilgan rang-barang qadog‘i uchun! Shuningdek, ixcham qadoqni sayrga olib ketish va hatto maktab lanch-boksiga solib qo‘yish ham qulay.

Yorqin va taassurotlarga boy yozni Denazavrik bilan birga o‘tkazamiz. Mamnun bolalar, xotirjam ota-onalar!

Reklama