Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibiga o‘zgartish kiritilmoqda
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi joriy yilda uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibiga kiritilayotgan asosiy o‘zgartirishlar haqida xabar berdi.
O‘zA’ning yozishicha, Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro subsidiya asosida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ham sotib olishiga ruxsat beriladi. Toshkent shahrida uy-joyga bo‘lgan 8 mingdan ortiq talab nisbatan qisqartiriladi.
Arizachilarni oilaviy daromad (turmush o‘rtog‘i va turmush qurmagan farzandlari) tartibida baholash joriy etiladi. Subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan oilalarga manzilli yetib borishi ta’minlanadi.
Subsidiya talabgorini baholash komissiyasi tarkibidan ichki ishlar bo‘limlari va tijorat banklari chiqarib tashlandi. Arizalarni ko‘rib chiqish muddatini 5 kunga qisqartirishga imkon yaratiladi.
Fuqarolarni ijtimoiy mezonlarga asosan baholash va ularni ipoteka krediti bo‘yicha to‘lov qobiliyatini aniqlash mustaqil ravishda olib boriladi. Ijobiy xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti miqdorini kafil qo‘shish orqali mustaqil belgilash imkoni yaratiladi.
Hududiy komissiya yig‘ilishlari elektron tarzda amalga oshiriladi. Xulosalarni umumlashtirib komissiya yig‘ilishini o‘tkazish va arizachiga taqdim etish muddati 8 kunga qisqartiriladi.
Arizachilarni baholash dasturiy ta’minoti avtomatlashtiriladi va elektron bazalari o‘zaro integratsiya qilinadi. Hujjatni ko‘rib chiqishda yil yakuniga qadar inson omili qisqartiriladi.
Subsidiyalar ajratishning maqsadli parametrlari doirasida subsidiyalarni tuman (shahar) kesimida qayta taqsimlash amaliyoti tugatiladi. Unda talabgorlar subsidiya asosida uy-joyni doimiy ro‘yxatdan o‘tgan hududi doirasida istalgan tuman/ shahardan olishi mumkin bo‘ladi.
Ariza faqatgina fuqarolik pasporti ma’lumotlarini (JShShIR) kiritish orqali topshiriladi. O‘zgartirishlar natijasida ko‘rib chiqishning umumiy muddatini o‘rtacha 7 ish kunigacha qisqartirishga erishiladi.
Mavzuga oid
12:10
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
13:32 / 06.11.2024
Toshkentda oktyabrda uy-joylar uchun ijara narxi oshishi sekinlashdi
14:34 / 30.10.2024
2025 yilda qaysi yo‘nalishga qancha subsidiya ajratiladi?
17:03 / 29.10.2024