Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025–2027 yillar uçun Budjetnoma loyihasini e’lon qildi. Unda keltirilgan 2024 yilgi budjet ijrosi tahliliga köra, joriy yilda subsidiyalar uçun 28,9 trln söm sarflanişi kutilyapti. Bu – davlat budjeti xarajatlarining 9,1 foiziga teng.
Xususan, yil oxirigaça energetika sohasini qöllab-quvvatlaşga umumiy hisobda 16,2 trln söm ajratişga töğri keladi.
2025 yilda davlat budjeti hisobidan ijtimoiy-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, eksportni rağbatlantiriş, qişloq xöjaligi, aholi bandligini ta’minlaş kabi sohalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş maqsadida ajratilişi belgilangan subsidiyalarning umumiy qiymati 28,3 trln sömni taşkil etadi. Bu – davlat budjeti daromadlarining 8,2 foizi degani.

Ayrim sohalarga davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya miqdori quyidagiça:
- nodavlat boğçalarga 3,8 trln söm;
- aholi uy-joy sotib olişi uçun 2,5 trln söm;
- jamoat transporti zararlarini qoplaş uçun 2,7 trln;
- tadbirkorlik va aholi bandligini ta’minlaş uçun 2,7 trln;
- energetika sohasi uçun 12,3 trln söm, xususan, gaz sotib oliş va sotişdagi tafovutni qoplaş uçun 7 trln söm;
- qişloq va suv xöjaligi uçun 2,5 trln söm;
- geologiya-qidiruv işlari uçun 0,9 trln söm.
Taqqoslaş uçun, 2025 yilda ijtimoiy nafaqa tölovlariga 17,3 trln söm, ilm-fanga 2,3 trln söm, madaniyat sohasiga 3,8 trln söm, sport sohasiga 3,3 trln söm, şu törtta yönalişga jami 26,7 trln söm ajratiş reja qilingan.
Boşqaça aytganda, subsidiyalarga ajratilayotgan mablağ (28,3 trln söm) ijtimoiy nafaqa tölovlari, ilm-fan, madaniyat va sportga ajratilayotgan jami mablağlardan (26,7 trln söm) köproqni taşkil qiladi.













