Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik tadbirkorlar Toshkentda Japanese Street loyihasini amalga oshirishi mumkin
21 iyul kuni Toshkent shahar hokimligida poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirokida Yaponiya biznes delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yaponiya delegatsiyasi vakillari qabul va ma’lumotlar uchun minnatdorlik bildirib, o‘zlari vakillik qilayotgan kompaniyalar faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berib o‘tdi. GIC holding direktori Xattori Ay poytaxtdagi yirik biznes-markazi hududida yapon restoranini tashkil etishga qiziqish bildirdi.
Yaponiyalik tadbirkorlar yapon va o‘zbek madaniyatlari yaqinligini ta’kidlab, kichik ovqatlanish nuqtalari, yapon mahsulotlari va esdalik sovg‘alar do‘konlari joylashgan alohida ko‘chani tashkil qilishni ko‘zda tutuvchi Japanese Street loyihasini amalga oshirish taklifini bildirdi.

Mehmonlarning aytishicha, bu ko‘cha qo‘shma ko‘rgazmalar, yarmarka va festivallar o‘tkazish uchun ajoyib manzilga aylanadi va poytaxtning turistik jozibadorligini oshiradi.
Mavzuga oid
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026