O‘zbekiston | 12:21 / 23.07.2022
8149
3 daqiqa o‘qiladi

Diqqat – barcha yosh tadbirkorlarni “Green Standart in Aral” startap loyihalar tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz!

Foto: Green Standart in Aral

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan BMT Bosh Assambleyasining 2021 yil 18 maydagi rezolyutsiyasiga asosan, Orolbo‘yi mintaqasi "Ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi" deb e’lon qilingan edi.

Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda va “MeROS” jamoat xayriya jamg‘armasi ishtirokida “Green Standart in Aral” mavzusidagi startap loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Foto: Green Standart in Aral

Tanlov Orolbo‘yi mintaqasida aholi turmush sifatini va ekologik holatni yaxshilashga xizmat qiluvchi innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

Foto: Green Standart in Aral

Agarda siz, Orolbo‘yi mintaqasida o‘z biznesingizni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha innovatsion loyihangizga ega bo‘lsangiz, tanlovda ishtirok eting va uni amalga oshirish imkoniyatini qo‘lga kiriting.

Foto: Green Standart in Aral

Tanlovda ishtirok etuvchi loyihalar qishloq, suv, o‘rmon xo‘jaliklari, akvakultura va energiya samaradorligi sohalaridan biri bo‘yicha ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamdagi istiqbolli startap-loyihalar bo‘lishi lozim.

Foto: Green Standart in Aral

Taqdim etilayotgan loyihalar mualliflik, innovatsiyalar va texnologiyalarga asoslanishi shart.

Tanlovda ishtirok etuvchi “startap” loyiha 2022 yil 15 avgustga qadar [email protected] elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Loyihalarni baholash ularning innovatsion darajasi, texnik jihatdan muvofiqligi, mutaxassislar bilan ta’minlangani, investitsiyaviy jozibadorligi, moliyaviy rejalashtirilgani mezonlari hamda marketing rejasi va kutilayotgan natijalari asosida baholanadi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan “startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq o‘tkaziladi.

Foto: Green Standart in Aral

Tanlab olingan eng yaxshi loyihalarni amalga oshirish tashkilotchilar tomonidan moliyalashtiriladi.

Foto: Green Standart in Aral

Tanlov shartlari va unda ishtirok etish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar bilan bilan “Green Standart in Aral” mavzusidagi startap loyihalar tanlovi havolasi orqali tanishing.

Birgalikda Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantiramiz!

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish