Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden va Jinping ikki soatdan ko‘proq suhbatlashishdi
Bu ikki mamlakat yetakchilarining beshinchi va mart oyidan buyon birinchi suhbati hisoblanadi.
AQSh prezidenti Jo Bayden va XXR raisi o‘rtasidagi telefon orqali muloqot ikki soatdan ko‘proq davom etdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
"Baydenning Si Jinping bilan telefon orqali muloqoti yakunlandi, ular 2 soat 17 daqiqa suhbatlashishdi", - deyiladi xabarda.
Bu ikki mamlakat yetakchilarining beshinchi va mart oyidan buyon birinchi suhbati hisoblanadi.
Oxirgi vaqtda AQSh vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga bo‘lajak tashrifi sababli Xitoy va Qo‘shma Shtatlar orasidagi keskinlik kuchaydi. Xitoy mudofaa vazirligi tashrif amalga oshadigan bo‘lsa keskin choralar ko‘rish bilan tahdid qildi, AQSh esa Janubiy Xitoy dengiziga aviatashuvchi kemalarini jo‘natdi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
14:15 / 21.05.2026
Putin va Si Jinping uchrashuvi. Asosiy tafsilotlar
12:19 / 20.05.2026
«Bir-birimizga yordam berishimiz kerak» – Pekinda Putin va Si muzokaralari boshlandi
19:00 / 17.05.2026