09:11 / 01.08.2022
12528

Zafarobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hokimi o‘zgardi. Bu haqda “Davlat boshqaruvi” kanali xabar berdi.

O‘tkir Rahmonov

Qayd etilishicha, O‘tkir Rahmonov Zafarobod tumani hokimi sifatida ish boshladi.

Bunga qadar O‘.Rahmonov Jizzax viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, shu kungacha Nodir Rajabov Zafarobod tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi. U nima sababdan ishdan ketgani va qayerga ishga o‘tkazilgani hozircha noma’lum.

2021 yil boshida Zafarobod tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Ibrohim Qarshiboyev boshqa lavozimga o‘tgani munosabati bilan Zafarobod tuman hokimi lavozimiga Nodir Rajabov tayinlangandi.

Top