Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMlarga kirish test sinovlari 8 avgustdan boshlanadi
2022/23 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 8 avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi.
Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkaziladi:
- 1-smena: 07:00 dan 10:00 ga qadar;
- 2-smena: 19:00 dan 22:00 ga qadar.
Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20 avgust kuni yakunlanadi.
Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4 avgustdan boshlanadi.
Bu yil bakalavriatga 1 214 232 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Shundan 395 023 nafari – maktabni shu yil tugatganlar.
Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan) quyidagicha:
- kunduzgi ta’lim shakli — 612 530 nafar;
- sirtqi ta’lim shakli — 565 902 nafar;
- kechki ta’lim shakli — 27 417 nafar;
- masofaviy ta’lim shakli — 8 383 nafar.
Qabul kvotalari esa quyidagicha
- Kunduzgi ta’lim – 77 477 ta
- Sirtqi ta’lim – 26 095 ta
- Kechki ta’lim – 3725 ta
- Masofaviy ta’lim – 3410 ta
- Magistratura – 10 688 ta
Mavzuga oid
17:00 / 25.06.2026
Mehnat inspeksiyasi Adiz Boboyevga ogohlantirish yubordi
14:36 / 25.06.2026
Samarqand viloyati hokimi o‘qituvchilarni ko‘cha nazoratchisiga aylantirishni buyurdi
12:17 / 22.06.2026
2025 yil OTMni bitirganlarining o‘rtacha ish haqi 5,1 mln so‘mni tashkil etdi
21:33 / 21.06.2026