Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Erdo‘g‘an Sochida muzokara o‘tkazdi
Turkiya prezidenti ikki mamlakat munosabatlarida yangi sahifa ochilishiga ishonch bildirdi.
Foto: Anadolu Agency
Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Sochida muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida Rossiya rahbari "Turk oqimi" gaz quvurini Yevropani Rossiya gazi bilan ta’minlashning muhim arteriyalaridan biri deb atadi va mintaqadagi mamlakatlar buning uchun Anqaraga minnatdorlik bildirishi kerakligini aytdi.
"Turk oqimi" boshqa barcha yo‘nalishlardan farqli ravishda to‘xtovsiz, hech qanday uzilishlarsiz ishlayapti", — dedi Putin.
Bundan tashqari, Putin Ukrainadan g‘alla olib chiqish masalasini hal qilgani uchun Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirdi.
O‘z navbatida, Turkiya prezidenti ikki mamlakat munosabatlarida yangi sahifa ochilishiga ishonch bildirdi.
"Muzokaralarimiz ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochishiga ishonaman. Bunga energetik hamkorlik, g‘alla eksporti, turizm, mintaqaviy masalalarni kiritaman", - dedi u.
Uchrashuv Sochidagi "Rus" sanatoriysi hududida bo‘lib o‘tdi. Ikki mamlakat rahbarlari Rossiya-Turkiya hamkorligi, Suriya va boshqa masalalarni muhokama qildi.
Mavzuga oid
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
20:27 / 19.01.2026
Tramp Tinchlik kengashiga Putinni taklif qildi
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi
15:51 / 15.01.2026