Daraxtlarga nisbatan navbatdagi varvarlik. Çilonzordan reportaj
|16:39 / 07.08.202240 7997 min
Bu safar ham hokimlik yölni kengaytirmoqçi ekanini şu yölning haqiqiy egalari – şahar aholisi işlar boşlanib bölgandagina eşitdi. Rasmiylarning özboşimçaligi yana qimmatga tuşdi: agronomning aytişiça, köp yillik daraxtlar sekin-asta ölişga mahkum. Voqeaga faollar munosabati, şahar hokimining aralaşuvi, ikki eko-amaldorning bir-biriga zid bayonotlari – Kun.uz reportajida.
Toşkentni çölga aylantirişmoqçi. Poytaxtda yaşillik va köllarga bölayotgan munosabatni körib, kesilayotgan daraxtlarga qarab şu fikr xayoldan ötadi.
6 avgust kuni Kun.uz tahririyatiga Toşkent şahri Çilonzor tumani Çilonzor köçasida yöllarni kengaytiriş davomida köp yillik daraxtlarning ildizlari kesib taşlanayotgani haqida murojaat kelib tuşdi. Ijodiy jamoa aytilgan joyga yetib bordi.
Çilonzor köçasiga yetib borarkanmiz, uşbu yölni rekonstruksiya qiliş jarayonida umumiy rejalaştirilgan 1,4 km yöl ta’mirlaş loyihasining 300 metr qismida irrigatsiya tarmoqlari (lotoklar) olib taşlanib, yölni kengaytiriş va sathini 1 metrgaça pasaytiriş işlari amalga oşirilayotganiga guvoh böldik.
Ayni mana şu jarayonda yöl çetidagi köp yillik daraxtlarning ildiz qismi kesib taşlangan.
Çilonzor köçasida atrofga soya berib turgan köp yillik daraxtlarga bölayotgan munosabat yuzasidan öz noroziligini bildiriş uçun çiqqan önga yaqin faollarni ham uçratdik. Ular quriliş loyihasidagi mantiqsizliklar va buning oğir oqibatlari haqida gapirişdi.
«Bu loyiha juda dahşatli. Ötgan uç kun davomida köplab daraxtlarga ziyon yetkazildi», – deydi mahalla faollaridan biri.
Mavzuga oid
Boşqa bir eko-faol esa holat böyiça fikr bildirarkan, bu işlarni jamoatçilik fikri, qonunlar va tabiatga tupurib qöyiş, deya izohladi.
«Bu daraxtlar endi kökarmaydi. Uzoği bilan bir-ikki yilda quriydi. Ikkinçidan, bu daraxtlar hozir juda xavfli darajada turibdi. Ertaga yoğin-soçin boşlansa, yo kimningdir ustiga yoki harakatlanayotgan avtomobilning ustiga qulaydi. Xöş, kim javob beradi bunga?
Bu birinçidan, farosatsizlik, ikkinçidan, amaldagi qonunlar, xalq, jamoatçilik va tabiatga tupurib qöyiş, sabotaj», – deydi u.
Atirgul Xolmirzayeva Toşkent şahar Botanika boğida bölim boşliği. U tajribali agronom sifatida ildizlari kesib taşlangan daraxtlarning yaşab ketişi yo qurib qolişi borasida xulosa beriş uçun voqea joyiga çaqirilgan.
Xolmirzayeva zarar yetkazilgan önlab daraxtlarni közdan keçirarkan, 50 foizdan ortiq ildizlari kesib taşlangan mana bu emanlar bir neça yilda butunlay qurib bitişini ma’lum qildi.
«Bu daraxtlarning böyi qanday bölsa, ildizi ham şunçalik katta böladi. Ammo emanlarniing yarmidan köp ildizini kesib bölişibdi. Ular endi sekin-asta öladi.
Töğrisi, men çarçadim. Doim mana şunday holatlarda xulosa oliş uçun meni olib kelişadi. Men xulosalarimni, daraxtni östiriş böyiça tavsiyalarimni beraman, lekin orqadan hamma bilganiça iş qiladi, ildizlari kesilgan daraxtlarni toş, şağal bilan kömib ketaverişadi. Ularning hammasi quriydi», – deydi agronom.
Voqea joyiga Toşkent şahar boş ekologi Farhod Dehqonov yetib keldi. Ammo Dehqonov kutilmaganda, voqeani xaspöşlaşga tuşdi. Unga köra, bu işlar kelişilgan loyiha bilan, tuman obodonlaştiriş bölimi nazorati ostida qilingan. Daraxtlar esa tagiga gumus taşlanadigan bölsa, yana ösişda davom etaveradi.
Şundan keyin voqea joyiga boş prokuror, ekologiya qömitasi raisi, Toşkent şahar hokimi va prezident administratsiyasi vakillari yetib kelişdi.
Jahongir Ortiqxöjayev loyihani közdan keçirarkan, quriliş loyihasida kamçiliklar bölganini aytib, loyihadagi olti çiziqli avtomobil yöli örniga tört çiziqli avtomobil yölini qoldiriş, ortib qolgan joyni esa yaşil hududga aylantiriş topşiriğini berdi. U şahar prokuroriga loyihada qöyilgan xatoliklar uçun loyiha instituti, quruvçilar, ekologiya bölimi va umuman, uşbu loyihada qatnaşgan barça mutasaddilarga çora körilişi zarurligini ta’kidladi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi Narzulla Oblomurodov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda uşbu vaziyatda kamçilikka yöl qöyganlar qat’iy jazolanişini ma’lum qildi.
U Çilonzor köçasidagi quriliş böyiça Ekologiya qömitasining xulosasi olinmaganini ham ma’lum qildi.
«Biz bu qurilişlar böyiça xulosa bermaganmiz. Yaqinda qonunçilikka taklif berdikki, mana şu kabi loyihalarni işlab çiqqan loyiha institutlariga javobgarlikni oşirmoqçimiz», – dedi qömita raisi şahar boş ekologi Dehqonovning ma’lumotlarini inkor qilarkan.
Holat yuzasidan keçaning özida Çilonzor tuman prokuraturasi jinoyat işi qözğatdi. Bu haqda Kun.uz'ga ma’lumot bergan Çilonzor tumani prokurori örinbosari Saidahror Abdurahmonovga köra, zudlik bilan çora körilmagan taqdirda daraxtlar qurişi va tabiatga 348,9 mln sömlik zarar yetişi mumkinligi soha mutaxassislari tomonidan aniqlangan.
Ma’lumot uçun, JKning 198-moddasi 3-qismi – ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni qasddan şikastlantiriş, payhon qiliş, nobud qiliş köp miqdorda zarar yetkazilişiga sabab bölişini nazarda tutadi.
Bu jinoyat uçun 150–200 BHM (45–60 mln söm) jarima yoki 300 soatdan 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zarar (348,9 mln söm) örni uç karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni çeklaş va ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo qöllanmaydi.
Bugun tongda Davlat ekologiya qömitasi holat böyiça dastlabki örganiş natijalarini ham e’lon qildi. Unga köra, örganişlar diametri 45 - 98 santimetrgaça bölgan jami 9 tup eman daraxtining ildiz qismiga jiddiy şikast yetkazilgani ma’lum bölgan. Mutaxassislar fikriga köra, uşbu daraxtlarni saqlab qoliş ehtimoli kam.
Quriliş-ta’mirlaş işlari natijasida qolgan 90 dan ortiq daraxtlar esa ösişdan töxtamaydigan darajada şikastlangan.
Örganiş jarayonida iştirok etgan Fanlar akademiyasi botanika instituti huzuridagi Rusanov nomidagi «Toşkent botanika boği» ilmiy xodimi tavsiyasiga binoan, ildiz qismiga jiddiy şikast yetkazilgan 9 tup eman daraxtini saqlab qoliş qator agrotexnik tadbirlarni talab qiladi.