Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ellikqal’ada YPX avtomobili bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi vafot etdi
Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida Lacetti va YPX avtomobili bo‘lgan Nexia 3 o‘zaro to‘qnashdi. Qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan birinchi mashina haydovchisi vafot etgan.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Ellikqal’a tumanida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berdi.
10 avgust kuni soat 10:30 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani hududidan o‘tuvchi 4H-155 «Bo‘ston-Sarabiy» avtomobil yo‘lining 10-kilometrida ikki avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, uning ishtirokchilaridan biri yo‘l-patrul xizmati avtomobili bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Lacetti haydovchisi, 1977 yilda tug‘ilgan Z.Yu (u avtotransport boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan ehtiyotsizlik oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va YPX xodimi, 1981 yilda tug‘ilgan N.A.ga biriktirilgan Nexia-3 rusumli xizmat avtomobili bilan to‘qnashgan.
Hodisa natijasida Lacetti haydovchisi Z.Yu olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, YPX xodimi N.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Ellikqal’a tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026