O‘zbekiston | 17:10 / 16.08.2022
2915
5 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyaning Atomy kompaniyasi Farg‘onada navbatdagi yirik seminarini o‘tkazdi

15 avgust kuni Farg‘ona shahrida Janubiy Koreyaning oliy sifatli mahsulotlari distribyutorlarining ikkinchi seminari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Atomy

Islom Karimov nomidagi san’at saroyida Atomy kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy filiali tomonidan Atomy’ning ikkinchi ceminari tashkillashtirildi. Ushbu tadbir rasmiy filial tomonidan ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan yirik seminardir. Birinchi seminar 23 iyul kuni Toshkent shahrida International Hotel Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan va unda 500 dan ortiq mehmonlar ishtirok etgandi.

Foto: Atomy

Tadbirlar miqyosini yana kengaytirish maqsadida Atomy kompaniyasi bu safar 600 dan ortiq mehmonlarni birlashtirdi va ceminar dasturi kompaniyaning umumiy tanishtiruvi, kompensatsiya to‘lovi rejasi, logistika va mahsulotlarni yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yish, xorijdan kelgan mehmonlar chiqishi va xonandalarning chiqishlari bilan boyitilgan.

Foto: Atomy

Ushbu tadbirning eng muhim qismi kompaniyaning eng yuqori maqomli a’zosi - Imperial Master Xong Yon Guning motivatsion nutqi bo‘ldi. Atomy a’zolari bilishicha, ushbu maqomga erishgan shaxslar bir million AQSh dollariga yaqin mukofot bilan taqdirlanadi va ularning yillik daromadi ularga to‘q hayot kechirish imkoniyatini beradi. Bu kompaniya barcha mehnatsevar ishtirokchilarga muvaffaqiyat kompensatsiya to‘lovi rejasi amalda samaradorligini yana bir bor isbotlaydi.

Foto: Atomy

Yaqinlashib kelayotgan oylarda filial seminarlarini respublikamizning boshqa hududlarida ham o‘tkazishni davomli yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Ushbu tadbirlar kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati va rejalari haqida ishtirokchilariga va mamlakat fuqarolariga ma’lumot berish bilan birga, Atomy tadbirkorlarining tijorat faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Foto: Atomy

O‘tgan yili savdo aylanmasi qariyb ikki milliard dollarga yetgan Janubiy Koreyaning Atomy kompaniyasi 2009 yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirda ko‘p tarmoqli marketing kompaniyalar orasida “Eng TOP” kompaniyalar guruhiga kirishga ulgurgan. Butun dunyo bo‘ylab Atomy a’zolarning soni 16 million nafardan oshgan bo‘lib, ular Atomy mahsulotlarini boshqalarga tavsiya qilib, pul ishlashlari mumkin. Korxonaning butun dunyo bo‘ylab 23 ta mamlakatda rasmiy filiallari o‘z faoliyatini olib bormoqda va ularning soni yildan yilga ko‘payib borishi rejalashtirilmoqda.

Atomy ko‘p davlatlarda katta muvaffaqiyat va talabga ega bo‘lgan mahsulotlarini, jumladan, BFQlar, kosmetika, oziq-ovqat, tana, soch va og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish vositalari va boshqa turdagi mahsulotlarini iste’molchilarga taqdim etib kelmoqda. Bunday yutuqlarning sababi shundan iboratki, Atomy mahsulotlari Janubiy Koreyadagi Atomy zavodlarida eng ilg‘or texnologiyalar vositasida ishlab chiqariladi va ular to‘liq xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlanadi.

Foto: Atomy

Shuningdek, korxona yaqinlarga g‘amxo‘rlik, saxovatpeshalik, jamiyat manfaati uchun kuchlarni birlashtirishga asoslangan qadriyatlarni targ‘ib qiladi. Shunday qilib, uning faoliyatining asosiy maqsadlaridan biri boylik emas, balki xayriya va qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan odamlarga dalda bo‘lishdir.

Foto: Atomy

Kompaniya falsafasiga amal qilgan holda, 23 iyul kuni bo‘lib o‘tgan , birinchi seminarda O‘zbekistondagi filial o‘z ishtirokchilari bilan birgalikda saraton kasalligiga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlovchi “Ezgu Amal” xayriya jamg‘armasiga 50 000 000 so‘m miqdoridagi xayriya yordamini amalga oshirdi. Ushbu xayriya o‘z ichiga moliyaviy yordam puli hamda bolalar uchun mo‘ljallangan Atomy mahsulotlarini o‘z ichiga oldi. Mazkur xayriya harakatlarini davom ettirgan holda, kompaniya va ishtirokchilar tomonidan ikkinchi seminarda ham O‘zbekiston nogironlar jamiyatiga 20 000 000 so‘m miqdorida navbatdagi yordam taqdim etildi. Atomy filialining xayriyaga yo‘naltirilgan mazkur ilk qadamlari davomli xayriya ishlarining debochasi hisoblanadi hamda kelgusida filial ko‘plab saxovatpesha ishlarini amalga oshirishni rejalashtirgan.

Foto: Atomy

A’zolik faoliyati madaniyati va “O‘rnatilgan mezon va qoidalarga rioya qilish” qadriyatlariga amal qilgan holda, barcha filiallar xodimlari, a’zolar va fuqarolar bilan birgalikda turli xil xayriya tadbirlarini butun dunyo bo‘ylab o‘tkazadi. “Atomy Uzbekistan” ham yurtimiz xalqini birlashtirib, jamiyatga munosib hissa qo‘shishga va’da beradi.

Atomy Uzbekistan (XK MChJ «Atomy Silk Road»)

Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Markaz-1, Buyuk Ipak Yo‘li massivi, 45 B uy

+998 94 777 67 01, +998 94 777 67 09

Telegram: official_atomyuzbekistan

Instagram: @atomyuzb_official

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish