Turk futboli yuz tutgan inqiroz haqida bir neça faktlar keltirgan holda tasavvurga ega böliş mumkin:

• Turkiya UYeFA reytingida 20-öringa tuşib qoldi, vaholanki, 4 yil avval kuçli 10 talikka da’vogar edi.

• Turkiya klublari 2017 yildan beri Çempionlar Ligasi guruhidan çiqa olmayapti va 3 yildan beri sönggi örindan yuqoriga kötarila olmayapti. 15 yildan beri guruh bosqiçida faqat bitta klub bilan iştirok etmoqda. Turkiya turnirda ikkita öringa muntazam egalik qilayotgan bölsa-da, ulardan biri saralaşdan ötolmayapti.

• Yevropa Ligasida sönggi 8 yildagi eng yaxşi natija – «Beşiktoş»ning 2017 yilda çorakfinalga çiqişi.

• Turkiyani Yevro-2020 ning eng yomon jamoasi deb ataş mumkin. Nol oçko, atigi bitta gol va umuman tuşunarsiz öyin.

Jiddiy muammolar borligi aniq. Endi ularga batafsil töxtalamiz.

Erdöğan futbolni sevadi, şuning uçun jarayonlarga şaxsan ta’sir qiladi. Yoşligida u «Fenerbahçe»da öynaşi mumkin edi

Turkiya – futbol mamlakati, uni deyarli hamma yaxşi köradi, şu jumladan prezident ham.

Rajab Toyyib Erdöğan şunçaki oddiy işqiboz emas – 27 yoşiga qadar yarimprofessional darajada futbol öynagan va turk futboli gigantlaridan biri «Fenerbahçe» nazariga tuşgan.

«Futbolçilik faoliyatim 15 yoşimda boşlangan. Men Istanbul çekkasida katta bölganman va biz kun böyi köçada qölbola töpni tepardik, dedi Erdöğan NTVSpor telekanaliga bergan intervyuda. - Keyin meni «Erokspor» havaskorlar klubiga taklif etişdi. Söngra «Komialti»ga ötdim. U yerdan Istanbulning yetakçi havaskor klublaridan biri «IETT Spor»ga olişdi. U yerda 7 mavsum öynab, sardorlik qildim va 5 ta sovrinni qölga kiritdim».

«IETT Spor» - Istanbul şahri tramvay va tunnel boşqarmasining jamoasi. Yoş Erdöğan bu yerda beşinçi raqamda, yarimhimoyada öynagan va muxlislar orasida «Toyyib Bekkenbauer» laqabi bilan maşhur bölgan.

Prezident biografi Sulton Fotih Kor sözlariga köra, «Fenerbahçe» boş murabbiyi Tomislav Kaloperoviç şaxsan Erdöğan öyinini köriş uçun kelgan va unga professional şartnoma imzolaşni taklif qilgan.

Erdöğanning hayoti butunlay boşqaça keçişi mumkin edi, ammo otasi, sohil qöriqçilari ofitseri bunga mutlaqo qarşi bölgan. «U öqişi, kasb-hunar egallaşi va pul topişi kerak», - deb prezident otasi sözlarini keltirmoqda biograf. «Töp tepiş ham işmi?».