Orient Metal mikroprotsessorli tizimlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi
Orient Group tarkibiga kiruvchi Orient Metal temiryo‘l sanoati uchun kompleks yechimlarni ishlab chiqadi. Korxonada temiryo‘l uskunalari tizimlari uchun zamonaviy mikroprotsessor qurilmalari ishlab chiqarish, temiryo‘l transportining stansiya, harakat va diagnostika tizimlarini qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish rejalashtirilgan.
Eng yirik buyurtmachilardan biri – “O‘zbekiston temir yo‘llari” uchun Orient Metal kompaniyasi yo‘l uchastkalari va boshqa yordamchi inshootlarning xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan stansiyalarda strelka va signallarni mikroprotsessorli markazlashtirishning (MPM) eng murakkab tizimini joriy qilmoqda.
“Bu O‘zbekistonda birinchi bo‘lib temiryo‘l va metropoliten xavfsizligini oshiruvchi loyihadir. Loyiha doirasida mavjud poyezdlar harakatini boshqarish tizimlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, shuningdek, budjet xarajatlarini 50 foizgacha kamaytirish ko‘zda tutilgan”, — deya sharhlaydi Orient Metal kompaniyasining rahbari Dilshod Shukurov.
Bundan tashqari, kompaniya temiryo‘l transportida avtomatlashtirish, telemexanika va aloqa sohasida konsalting xizmatlarini taklif etadi. Bundan tashqari, import qilinadigan MPM tizimlari to‘liq mahalliylashtiriladi. MPM tizimlarini sertifikatlash va standartlashtirish mahalliy mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Reklama