Toshkentda yana bitta madaniy meros obekti tegishli organ ruxsatisiz ta’mirlanmoqda
Navoiy ko‘chasi 30-uy manzilida joylashgan AOKA binosining fasadi rekonstruksiya qilinmoqda. Arxitektura yodgorligi hisoblanadigan binoni ta’mirlash ishlari uchun vakolatli organning roziligi olinmagan. Holat yuzasidan ikkala agentlik Kun.uz'ga bir-biriga zid ma’lumotlar berdi.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahri markazida, Navoiy ko‘chasi 30-uy manzilida joylashgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosining fasadi rekonstruksiya qilinmoqda.
Bunga guvoh bo‘lgan Kun.uz muxbiri bino arxitektura yodgorligi sifatida davlat muhofazasiga olinganiga e’tibor qaratdi.
4 qavatli ma’muriy bino milliy ro‘yxatga kiritilgan. Qonunga ko‘ra, madaniy meros obektlaridagi qurilish ishlari uchun tegishli ruxsat olinishi kerak. Ruxsatni Madaniy meros agentligi o‘z huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi xulosasiga asoslanib beradi.
Madaniy meros agentligi rasmiysining Kun.uz so‘roviga javoban ma’lum qilishicha, AOKA binosini ta’mirlash uchun kengashdan ruxsat olinmagan.
“Toshkent shahar hokimining majlisda bergan topshirig‘i asosida, agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan agentlikka ta’mirlash-tiklash ishlari uchun ruxsat so‘rab murojaat qilingan. Agentlik esa Ilmiy-ekspert kengashiga ta’mirlash-tiklash loyihasini kiritish kerakligini bildirgan. Kengashga loyiha hujjatlari bugun, ya’ni 24 avgust kuni kiritilgan”, – dedi agentlik vakili.
Holat yuzasidan izoh so‘rab, AOKA axborot xizmati bilan ham bog‘landik. Bu agentlik taqdim etgan ma’lumotlar butkul farq qilyapti.
“Madaniy meros agentligi 2022 yil 5 avgustdagi 02-05/2405-son xatida Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasiga binoni ta’mirlash-tiklash ishlarini boshlash uchun ruxsat bergan.
Bundan tashqari, loyiha bo‘yicha kerakli hujjatlar Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasiga taqdim etilgan. Boshqarma tomonidan 2022 yil 8 avgustdagi 716-son xat bilan ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish uchun ruxsat berilgan.
Ta’mirlash-tiklash ishlarini Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni asosida 31 avgustga qadar tugatish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi davlat muassasasiga yuklatilgan”, deyiladi AOKAning javobida.
Bu ikki agentlik vakillarining javoblari turlicha bo‘lsa-da, asosiy masala aniq: rekonstruksiya ishlari uchun Ilmiy-ekspert kengashining ruxsati olinmagan, bu esa prezidentning o‘tgan yilgi qaroriga zid.
Qarorga ko‘ra, Ilmiy-ekspert kengashining ijobiy xulosasi olinmasdan turib berilgan ruxsatnomalar haqiqiy hisoblanmaydi. AOKA javobiga ishonadigan bo‘lsak, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi bu qoidadan bexabar ko‘rinadi.
Madaniy meros agentligining 5 avgustdagi 02-05/2405-son xati masalasi esa jumboqli.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xususiy klinikalarni tekshirish bo‘yicha SSVning vakolatlari kengaytirilishi mumkin
O‘zbekiston | 17:00
-
Gurjiston sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini e’lon qildi
Jahon | 16:50
-
Balashixada portlash oqibatida bosh shtab generali halok bo‘ldi
Jahon | 15:26
-
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 14:36
Mavzuga oid

20:34 / 24.04.2025
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin

08:50 / 24.04.2025
Toshkentning beshta tumanida issiq suv ta’minoti tiklanadi

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

10:53 / 22.04.2025