«Ipak yöli» xalqaro turizm markazining oçilişida sözga çiqqan britaniyalik taniqli bastakor va ijroçi Sami Yusuf musiqa haqidagi fikrlari, ijodiy yöli va rejalari haqida sözlab berdi.
Uning sözlariga köra, Samarqandni bolaligidan bilgan, çunki u Ipak yölining qoq markazida bölib, köplab xalqlarning an’ana va urf-odatlarini özida mujassam etgan.
«Bu şahar mening musiqamga juda mos keladi, u ham uşbu yönaliş ötgan mamlakatlar madaniyatlarining aralaşmasidir. Demak, Samarqand haqidagi bilimlar mening ijodimda öz aksini topdi, deyişimiz mumkin», deydi u.
Biroq, Sami Yusufga köra, Samarqandga kelganida körganlari kutganidan ham ortiq bölgan.
«Uning şunçalik gözal ekanligini bilmasdim. Ajoyib sifatli fotosuratlarni köriş öz yöliga, ammo bu haqiqatan ham şunday ekanligi ma’lum böldi. Şuning uçun bu şaharni hamma körişi kerak. Samarqandning gözalligini heç narsa bilan soliştirib bölmaydi», deydi bastakor.
Sami Yusuf öz oilasi haqida ham ma’lumotlar bilan bölişdi.
«Menimça, har qanday musiqaçi ota öz farzandlarini uning izidan borişdan qaytarişga harakat qiladi, çunki musiqa, aktyorlik va umuman ijodda köp pul topa olmasligimizni hammamiz bilamiz. Bu beqaror iş. Şuning uçun Buyuk Britaniyada muhojir bölgan otam meni muhandis, huquqşunos yoki şifokor böliş yaxşiroq ekanligiga işontirişga harakat qildi. Uning uçun bu barqarorlikni anglatardi. Rostini aytsam, men ham şuni xohlardim. Yoşligimdan musiqa olamida bölganim uçun men bu sohani salbiy tomondan köriş imkoniga ega böldim. Natijada men yuristlikka öqişni boşladim va şu mutaxassislik böyiça diplom olişni rejalaştirdim. Ammo taqdirning men uçun boşqa rejalari bor edi. Şu bilan birga, aslida musiqani özimning işim deb hisoblamayman, bu mening hayotim. Mening didimni bolaligimdan otam şakllantirgan. U menga maqom, dastgoh, muğom kabi an’anaviy musiqa uslublarini örgatdi, şuningdek, mumtoz musiqa, jumladan, Ğarb musiqasi bilan ham taniştirdi. Şunga qaramay, an’anaviy musiqa mening sevgimga aylandi», deydi ijroçi.
Uning sözlariga köra, özbek musiqasiga ham mehri katta. Şoşmaqom ham Ozarboyjondagi muğom singari madaniy, ma’naviy, falsafiy meros bölib, u xalqning DNKsi, insonlarning muqaddas xotirasi, u ana şu kuylar orqali yetkaziladi.
«Şoşmaqom bu - oddiy tovuşlar emas. Ular bizning e’tiborimizni, bilimimizni talab qiladi. Pop musiqa kabi emas, tinglaş oson, hamma uçun tuşunarli. Men hurmatsizlik qilmoqçi emasman, lekin estrada musiqasi fastfud kabi narsadir. Şoşmaqomda qandaydir muqaddaslik bor. Bu musiqaning ildizlari tarixga borib taqaladi», deydi Sami Yusuf.











