Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Jomboy hamda Oqdaryo tumanlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.
Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, Urgut va Samarqand tumanlarida faoliyat yurituvchi YaTT X.E. va S.M.lar tijorat maqsadida savdo do‘koni hamda novvoyxonasida o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulangan. Natijada jami 230 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, Jomboy tumanidagi “S.Z.” oilaviy korxonasi rahbari Z.S. umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Oqibatda, 191,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Bundan tashqari, Oqdaryo tumanidagi “T-Z.” fermer xo‘jaligi rahbari M.Sh. elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zboshimchalik bilan ulanib, 192,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
11:53 / 09.01.2026
Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya berilmoqda
15:41 / 07.01.2026