23:32 / 02.09.2022
12851

O‘zbekiston kubogi. «Navbahor» «Paxtakor»ni mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘llanma oldi

Foto: tribuna.uz

O‘zbekiston kubogi chorakfinali doirasidagi ikkinchi uchrashuv yakuniga yetdi.

Namanganda o‘tgan markaziy bahsda «Navbahor» «Paxtakor»ni qabul qildi. Uchrashuvning 14-daqiqasida Azmiddinov hisobni ochgan bo‘lsa, 17-daqiqada Hamrobekovning xatosidan keyin belgilangan penaltini Iskanderov golga aylantirdi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limning boshida esa Ikrom Aliboyevning qo‘pol xatosidan so‘ng belgilangan ikkinchi penaltini ham Jamshid golga aylantirib, yakunda jamoasini yarimfinalga olib chiqdi – 2:1.

Shu tariqa, «Paxtakor» ketma-ket 4 yillikdan keyin ilk marta O‘zbekiston kubogi finalida o‘ynamaydi. Klub turnirdagi ishtirokini chorakfinalda yakunladi. 

O‘zbekiston kubogi. 1/4 final
2 sentabr (juma)
«Navbahor» – «Paxtakor» - 2:1
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Bekzod Aripov
Gollar: Jamshid Iskanderov 17 pen. 51 penalti - Shahzod Azmiddinov.
«Navbahor»: 1.O‘tkirbek Yusupov, 4.Boyan Tsiger, 6.Rustam Ashurmatov, 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboyev, 17.Diyor Turopov (20.Doniyor Abdumannopov, 68), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 24.Davron Hoshimov (7.Azimjon Ahmedov, 61), 32.Zoran Marushich, 77.Asadbek Sobirjonov (11.Jasur Yaxshiboyev, 68).
«Paxtakor»: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Aleksandr Nasonov, 6.Ikrom Aliboyev (42.Abbos Fayzullayev, 66), 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Dragan Cheran, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Pshemislav Banashak, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 34.Farrux Sayfiyev (63.Muhammadali O‘rinboyev, 86), 88.Shahzod Azmiddinov.

Top