Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ekkanini o‘rmoqda – Erdo‘g‘an
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yevropadagi energetika inqiroziga ana shunday izoh berdi.
Turkiya Bolqonda tinchlik va barqarorlik bo‘lishi tarafdori, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqaradan Sarayevoga uchib ketishi oldidan o‘tkazilgan brifingda.
Turkiya prezidenti Bolqonga tashrifi doirasida Bosniya va Hersegovina, Serbiya va Xorvatiyada bo‘ladi.
«Anqara Bolqon regionida xavfsizlik va tinchlikka hissa qo‘shish, bu mamlakatlarning Yevroatlantika tuzilmasiga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi», - dedi Erdo‘g‘an.
Yevropadagi energetika inqiroziga izoh berarkan, Turkiya prezidenti «Yevropa ekkanini o‘rayotgani»ni aytdi.
«Yevropaning janob Putinga nisbatan pozitsiyasi hamda kiritilgan sanksiyalar javob reaksiyasiga olib keldi. Rossiya rahbari «Sizlar bunday qilsangiz, men ham xuddi shunday qilaman» dedi. Putin ixtiyoridagi barcha vosita va qurollardan foydalanmoqda. Bular ichida eng asosiysi – tabiiy gaz. Afsuski, biz bunday bo‘lishini istamagandik, ammo Yevropada nimaga ega bo‘lsak, shunga ega bo‘lib turibmiz», - dedi Erdo‘g‘an.
Yevropani og‘ir qish kutib turibdi. Turkiyada gaz masalasida muammo yo‘q, dedi u.
Mavzuga oid
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
14:07 / 11.06.2026