19:00 / 12.09.2022
8074

Makro “Mega Planet” KSM da tantanali reopening o‘tkazdi

Foto: Makro

Makro supermarketlar tarmog‘i “Mega Planet” KSM da flagman filiali reopeningini o‘tkazdi. Tantanali ochilish  marosimi 10 sentabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Makro savdo markasining tarixi 10 yildan ko‘proq vaqt avval aynan ushbu do‘kondan boshlangan. Shu sababli, kompaniya undagi odatiy atmosferani saqlab qolish, lekin ayni paytda u yanada qulayroq bo‘lishi uchun savdo maydonini yangilashga alohida e’tibor bilan yondashdi.

Foto: Makro

"Men xaridorlarga ko‘p yillik do‘stlik va ushbu yillar davomida ular bizga ko‘rsatgan ishonchi uchun minnatdorman. 3000 dan ortiq xodimlarimiz siz Makro'ga har bir tashrifingizdan mamnun bo‘lishingiz uchun mijozlarning ehtiyojlari va didini o‘rganadilar, assortimentni kengaytirish ustida ishlaydilar, mahsulotlarning sifati va yangiligini tinimsiz kuzatib boradilar. Umid qilamanki, bu supermarket nafaqat qulaylik ramzi, balki siz oilangiz uchun zarur bo‘lgan hamma narsani topishingiz mumkin bo‘lgan sevimli joyga ham aylanadi", - dedi Makro supermarketlar tarmog‘ining boshqaruvchi direktori Stepan Maslennikov do‘konning ochilish marosimida.

Foto: Makro

Xo‘sh, yangilangan Makro “Mega Planet” supermarketida qanday yangilik bor? Tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish uchun vaqtni tejaydigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kassalari o‘rnatildi. Fresh, yangi yopilgan kulchali yangilangan zona, kafeteriy, shuningdek, norin, six kabob va rollar bo‘lgan maxsus shoxobchalar bo‘lib, siz u yerda real vaqt rejimida o‘z buyurtmangiz tayyorlanishini tomosha qilishingiz mumkin.

Foto: Makro

Yangilangan Makro “Mega Planet” filialining katta maydoni tufayli o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish zonalari ham takomillashtirildi, bu yerda xaridorlar muzlatgich kameralaridan qadoqlangan va o‘lchangan mahsulotlarni xarid qilishlari mumkin.

Foto: Makro

Makro kompaniyasi haqida

Makro supermarketlar tarmog‘i O‘zbekiston bozorida 2010 yildan beri mavjud. Ayni paytda u O‘zbekistondagi eng yirik supermarket tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Unda mamlakat bo‘ylab 100 dan ortiq supermarketlar mavjud.

Makro – odamlarga g‘amxo‘rlik bilan!

Ma’lumot uchun telefon: + 99871 205-12-09

Reklama

Mavzuga oid
Top