Muzrabot tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi
Muzrabot tumani rahbarligida to‘rt yildan ortiq ishlagan Erkin Alimov o‘rniga o‘rinbosari tayinlandi.

Foto: Muzrabot tuman hokimligi
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar qildi.
12 sentabr kuni Muzrabot tumani hokimligida Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Usmon Turopov raisligida tashkiliy masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasa vakillari qatnashgan.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning tegishli buyrug‘iga asosan Abdurashid Ismoilov Muzrabot tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Abdurashid Ismoilov 1977 yilning 12 iyulida Boysun tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Termiz Davlat universitetini, 2014 yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – Budjet hisobi va nazorat-moliya.
U 2022 yil 25 avgustidan buyon Muzrabot tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. Bundan avval Moliya vazirligida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Muzrabot tumaniga 2018 yil iyulidan buyon Erkin Alimov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi
O‘zbekiston | 08:54
-
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
O‘zbekiston | 08:32
-
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon | 08:20
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
Mavzuga oid

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

16:09 / 18.03.2025