19:00 / 14.09.2022
5044

ISHONCH do‘konlar tarmog‘ida rebrending: “Hayotni hozirdan boshlang”

ISHONCH do‘konlar tarmog‘i “Hayotni hozirdan boshlang” shiori ostida o‘z rebrendingini amalga oshirdi. Tadbirda kompaniyaning yangi brend platformasi taqdim etildi.

12 yildan beri yirik maishiy texnika, elektronika va uy jihozlari yetkazib berishda o‘z uslubini yarata olgan ISHONCH do‘konlar tarmog‘i aholi turmush tarzini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shmoqda. 2010 yilda Farg‘ona viloyatida ilk do‘konini ochgan kompaniya hozirda respublika bo‘ylab 60ga yaqin filiallarga ega. Bu filiallarda 3000dan ortiq xodimlar faoliyat olib boradi.

“ISHONCH zamonaviy sotish usuli bo‘yicha yangi loyihalarini taqdim etmoqda. Bu yo‘nalishda izlanishlar olib borilmasa iste’molchilar bilan aloqalar uziladi. Shuning uchun yangi kommunikatsion yo‘llar qidirish kerak. ISHONCH do‘konlar tarmog‘i bu yo‘nalishda ilg‘or kompaniyalardan biri”, - deydi O‘zbekiston marketing uyushmasi raisi Diyor Mirzaahmedov.

Ishonch do‘konlar tarmog‘i marketing kommunikatsiyalari bo‘limi boshlig‘i Alisher Boyqo‘ziyev mazkur rebrending Rossiyaning yetakchi “Depot” brending agentligi bilan birgalikda amalga oshirilganini aytdi:

“Brend platformamizni yangilash ishlari ustida bir yildan ortiq vaqt davomida ishladik. Turli tadqiqotlar asosida yangilangan brendimiz bugun taqdim etiladi. Yangi brend platformamizni TRUZBEK deb nomladik. Bu biror millat yoki joy, xalqqa tegishli emas. Bu so‘zning ma’nosi hozirdan yaxshi yashashni xohlaydigan zamonaviy insonni bildiradi”.

ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining asosiy ustunligi muddatli to‘lov asosida barcha mahsulotlarni 3 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga xarid qilish imkoniyatining berilishidir. Do‘konlarda 7000 dan ortiq mahsulot turlari mavjud bo‘lib, ularning orasida yirik va kichik maishiy texnikalar, smartfonlar, planshetlar, noutbuklar, ofis va uy uchun texnikalar, barcha turdagi mebel jihozlari, sport anjomlari, musiqiy asboblar, avtomobil ehtiyot qismlari, bolalar uchun mahsulotlari va yana ko‘plab boshqa turdagi mahsulotlarni topish mumkin. 

ISHONCH do‘konlar tarmog‘i mijozlari uchun ishonchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Masalan, budjet tashkiloti xodimlari va nafaqadagilar uchun muddatli to‘lovni rasmiylashtirishga faqat pasportning o‘zi kifoya.

ISHONCH o‘z ish uslubini doimiy tarzda takomillashtirishdan to‘xtamaydi va bu borada o‘z qadriyatlarini yaratmoqda.

Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari:

Telegram: t.me/ishonchsavdo

Instagram: instagram.com/ishonchsavdouz

Facebook: facebook.com/ishonchsavdouz

YouTube: youtube.com/c/Ishonchsavdo

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top