07:27 / 15.09.2022
10230

Imomali Rahmon O‘zbekistonga keldi. Uni Abdulla Aripov kutib oldi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 15 sentabr kuni Shanhay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

So‘ng Tojikiston rahbari Hazrati Xizr yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, birinchi prezident Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi.

Mavzu
Samarqandda ShHT sammiti
15–16 sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti tashkillashtiriladi.
Barchasi
Top