Tojikiston prezidenti Putin bilan uchrashuvda «Krokus»dagi teraktni mamlakat obro‘siga «jiddiy zarar» deb atadi
Rahmon Tojikiston 30 yildan ortiq vaqt davomida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashib kelayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu «global muammo».

Foto: «RIA Novosti»
Terrorizmning millati va dini yo‘q, Tojikiston unga qarshi kurashda ikki tomonlama standartlarga qarshi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida ma’lum qildi, deb yozdi TASS.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar «savdo-iqtisodiy hamkorlik, gumanitar sohalarda yuksalib bormoqda».
«Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashga kelsak, siz bizning pozitsiyamizni 30 yildan ortiq vaqtdan beri bilasiz. Bizning pozitsiyamiz quyidagicha: biz terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda ikki tomonlama standartlarga qarshimiz. Terrorizmning millati ham, dini ham yo‘q», dedi Rahmon.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va Tojikiston maxsus xizmatlari avval birgalikda yaxshi ishlagan, ammo «afsuski, Krokus Siti Xollda fojia yuz bergan». Rahmon Tojikiston 30 yildan ortiq vaqt davomida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashib kelayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu «global muammo».
«Tojiklar qadimiy tarix, madaniyat va sivilizatsiyaga ega xalqdir. Bo‘lib o‘tgan voqea, albatta, biz uchun mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Bu esa xalqimizning qiyofasiga, tarixiga, madaniyatiga, urf-odatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Biz bu borada siz bilan yaqindan hamkorlik qilishda davom etamiz», deb xulosa qildi u.
22 mart kuni kechqurun Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga terrorchilar bostirib kirib, odamlarni o‘qqa tutdi. Keyin zalga o‘t qo‘yildi. Oqibatda 144 kishi halok bo‘ldi, 500 nafardan ortig‘i jarohatlandi. Teraktga aloqadorlikda gumon qilingan 12 kishi hibsga olindi, ularning deyarli barchasi Tojikiston fuqarolari.
Teraktdan keyin Rossiyada mehnat migrantlariga qarshi ommaviy reydlar boshlandi. 27 aprel kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi shoshilinch tavsiyanoma chiqarib, o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilishdan «vaqtincha tiyilish»ni tavsiya qildi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25
-
Saida Mirziyoyeva Ramazon hayiti bilan barcha o‘zbekistonliklarni tabrikladi
O‘zbekiston | 16:17
-
Qoidabuzarlarga tezkor imtihon, 100% ovoz olgan Emomali va daladagi turkmanlar – Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 16:01
-
Myanma va Tailanddagi kuchli zilzila oqibatlari - fotosuratlar
Jahon | 15:51
Mavzuga oid

20:47 / 27.03.2025
Panama Rossiya va Eron «maxfiy floti»ga aloqador 128 ta kemadan ruxsatnomani qaytarib oladi

20:42 / 27.03.2025
Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishdan bosh tortdi

11:06 / 27.03.2025
Seul: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 3000 askar yubordi

09:00 / 27.03.2025