Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Brooklyn turar joy majmuasidan narxlar oshishidan oldin qulay narxlarda xonadon xarid qilishga ulgurib qoling!
Aholi xonadonlarni istagiga binoan xonalarga bo‘lish, yerosti avtoturargohi va obodonlashtirilgan hamda qo‘riqlanadigan hududda «Aqlli uy» tizimi mavjud.
Brooklyn - Marokand's Sky kompaniyasining zamonaviy turar joy majmuasi bo‘lib, kelajakdagi yashovchilarning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu loyiha turar joy, savdo va ijtimoiy infratuzilmani uyg‘un tarzda birlashtiradigan ko‘p funksiyali makonni yaratishni o‘z ichiga oladi.

Brooklyn turar joy majmuasi sakkizta binodan iborat: oltita 20 qavatli va ikkita 10 qavatli turar joy bloklari. Bu yerda turli ehtiyojlar uchun xonadonlar mavjud: bir xonali va studiya yo‘nalishidagi xonadonlar - yolg‘iz yashaydiganlar uchun, ikki va uch xonali xonadonlar - kichik va katta oilalar uchun, shuningdek, 17 va 18-qavatlardagi penthauslar.

Brooklyn turar joy majmuasi Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqbolli hududda bo‘lib, «Buyuk Ipak yo‘li» va «Pushkin» metro bekatlari o‘rtasida joylashgan. Shuningdek, avtobus bekatidan besh daqiqalik masofada joylashgan. Ushbu joylashuv sizga shahar markaziga va uning atrofidagi hududlarga tezda borishga yordam beradi. Hududning rivojlangan infratuzilmasi kelajakdagi Brooklyn TJM aholisining hayotini yanada qulayroq qiladi. Majmua yaqinida uchta maktab va uchta bolalar bog‘chasi, ikkita poliklinika, «Korzinka» va Tiin supermarketlari joylashgan. Shuningdek, binolarning birinchi qavatlarida noturar inshootlar - do‘konlar, kafelar va boshqa tijorat binolari joylashgan bo‘ladi.
Turar joy hududining qulayliklari.
Brooklyn turar joy majmuasi hovlisi shunday rejalashtirilganki, aholi bu yerda majmuadan chiqmasdan bemalol vaqt o‘tkazishi mumkin. Bu yerdagi yashil maydonda sayr qilish quyosh nurining ortiqcha issiqligi va changdan himoya qiladi, shuningdek havo ifloslanishi va shovqin darajasini kamaytirishga erilishilgan.
Brooklyn turar joy majmuasi hovlisida bolalar uchun yozgi va qishki o‘yin maydonchalari mavjud. Faol dam olishni yaxshi ko‘radiganlar uchun sport mashg‘ulot zonasi va futbol maydoni barpo qilingan. Va qulay yozgi besedkalarda siz orom olishingiz yoki yaqinlaringiz bilan vaqt o‘tkazishingiz mumkin.

Majmuaning yerosti avtoturargohiga kirish faqat ko‘chalar tomonidan amalga oshiriladi, shuning uchun ham hovlida avtomobillar harakati bo‘lmaydi. Ikki qavatli yerosti avtoturargohi 750 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ularning har biri Brooklyn turar joy majmuasi aholisiga ajratiladi.

24 soatlik kuzatuv tizimi va qorovul xizmati esa Brooklyn turar joy majmuasida yashash xavfsiz bo‘lish imkonini beradi. Majmuaga tegishli hudud begonalar uchun yopiq bo‘ladi.
Xonadonlarni istagingizga binoan xonalarga bo‘lish.
Brooklyn turar joy majmuasidagi xonadonlar xonalarga bo‘linmagan holda topshiriladi, ya’ni uy egalari o‘z xohishlariga ko‘ra uy rejasini tuzishlari mumkin. Xonadonlar 3,2 m balandlikda ekanligi inobatga olinsa, yaxshi havo aylanishini ta’minlaydi va yoritish moslamalarining kerakli darajada o‘rnatilishiga yordam beradi.

Brooklyn turar joy majmuasining yana bir afzalligi bu - panoramali derazalardir. Ular shahar manzaralarining ajoyib ko‘rinishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, panoramali derazalar bo‘shliqni vizual ravishda kengaytiradi va xonani tabiiy yorug‘lik bilan to‘ldirishga yordam beradi.
Qo‘shimcha xizmatlar va qulay xarid shartlari
Marokand's Sky kompaniyasi Brooklyn TJM aholisi uchun qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadi:
- xonalarni qismlarga bo‘lish;
- dizaynerlik xizmatlari;
- xonadonni mukammal ta’mirlash xizmati.
Narxi:1 kv.m uchun 8 mln so‘mdan boshlanadi.
Turar joy majmuasidagi xonadonlarni qo‘shimcha to‘lovlarsiz 10 oydan 14 oygacha rejali bo‘lib to‘lash asosida sotib olishingiz mumkin.
Murojaat uchun raqamlar: (+998) 97-262-00-02, (+998) 93-818-05-23.
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram 4-tor ko‘chasi, 92-uy.
Telegram: t.me/welcometobrooklyn
Instagram: @jk.brooklyn
Facebook: fb.com/brooklinhousetashkent
Reklama