Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent, Samarqand va Jizzaxda elektr energiyasidan qarzdorliklarni yo‘q qilib berish evaziga pul olgan mutasaddilar ushlandi
Piskent tumani ETK boshlig‘i, Urgut tumani ETK bo‘limi rahbari va Sharof Rashidov tumani ETK huquqshunosi korxonalar va aholi xonadonidagi qarzdorlikni yo‘q qilib berish evaziga pul olgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, Piskent tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i U.X. tadbirkor B.ga tegishli kichik ishlab chiqarish korxonasining 106 million so‘m elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berish evaziga korxona qorovuli O. orqali 6 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman elektr ta’minoti korxonasida bo‘lim rahbari vazifasida ishlovchi S.T. va boshqalar “K.B.” fermer xo‘jaligi rahbari A.N. va “A.Y.” MChJ rahbari U.X.dan elektr energiyasidan qarzdorligini so‘ndirish uchun 35 million so‘m va 300 dollar olib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Yana bir holatda departament hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sh.Rashidov tuman elektr ta’minoti korxonasi huquqshunosi N.D. fuqaro R.ning xonadonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani holati bo‘yicha hisoblangan 6,2 million so‘m qarzdorlikni yo‘q qilib berish evaziga 1,9 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
08:33 / 24.04.2026