Jamiyat | 10:22 / 22.09.2022
12747
1 daqiqa o‘qiladi

1-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga direktor tayinlandi

Foto: Reuters

Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Mashraf Ravshanqulovich Mansurov 1-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

M. Mansurov 1997 yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, o‘z ish faoliyatini Yangiyo‘l tibbiyot kollejida o‘qituvchi sifatida boshlagan.

Shuningdek, u Yangiyo‘l tibbiyot kolleji direktori, tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bo‘lim sanitariya vrachi kabi qator mas’ul vazifalarda ishlagan. 

Tayinlovga qadar M. Mansurov Chirchiq tibbiyot kolleji direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish