O‘zbekiston | 19:00 / 22.09.2022
11413
4 daqiqa o‘qiladi

ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining yangi formatdagi uchta yangi do‘konlari ketma-ket o‘z faoliyatini boshladi  

Foto: ISHONCH

Joriy yilning 10 sentabr kuni o‘z rebrendingini amalga oshirgan ISHONCH do‘konlar tarmog‘i Toshkent viloyatidagi Angren shahri va Qibray tumanida, hamda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida navbatdagi uchta filialini ishga tushirdi.

“Hayotni hozirdan boshlang” shiori ostida o‘z rebrendingini amalga oshirgan ISHONCH do‘konlar tarmog‘i dadil qadamlar bilan o‘z faoliyatini kengaytirib bormoqda va buning natijasida respublika aholisining turmush tarzini yanada yaxshilashga shubhasiz katta hissa qo‘shmoqda. 15 sentabr kuni Angren shahrida, 17 sentabr kuni Qibray tumanida va 20 sentabrda G‘allaorol tumanida ishga tushirilgan yangi filiallar yangi formatda jihozlangan va taqdim etilgan bo‘lib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishga qaratilgan.

Har bir yangi filialning ochilish marosimi tashrif buyurgan mehmonlar uchun ko‘ngilochar shou-dastur o‘tkazilishi bilan boshlandi. Shu bilan birga, Qibray filiali ochilish marosimida qimmatbaho sovg‘alar o‘ynalishi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bundan tashqari Qibraydagi yangi savdo do‘koni ochilishi munosabati bilan Hamdam Sobirov ishtirokida ko‘ngilochar bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

12 yildan beri yirik maishiy texnika, elektronika va uy jihozlari yetkazib berishda o‘z uslubini yaratishga erisha olgan ISHONCH do‘konlar tarmog‘i aholi turmush tarzini yaxshilash yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2010 yilda Farg‘ona viloyatida ilk do‘konini ochgan kompaniya hozirda respublika bo‘ylab 60 dan ortiq filiallarga ega. Bu filiallarda 3000 dan ziyod xodimlar faoliyat olib boradi.

Ayni paytda ISHONCH do‘konlar tarmog‘ida 7000 dan ortiq turdagi mahsulotlar muddatli to‘lov asosida xarid qilish uchun taqdim etilgan. Ular orasida maishiy texnikalar, zamonaviy smartfonlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, barcha turdagi mebellar, santexnika mahsulotlari, qurilish materiallari, gilamlar, chinni va billur idishlar, sport anjomlari va ko‘plab boshqa mahsulotlarni topishingiz mumkin. Budjet tashkilotida faoliyat olib boruvchi xodimlar va nafaqadagi shaxslar esa faqatgina pasportning o‘zi bilan muddatli to‘lovga mahsulot xarid qilishlari mumkin. Xaridorlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida, ma’lum toifadagi mahsulotlarni uygacha bepul yetkazib berish xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan.  

Kompaniyaning asosiy maqsadi nafaqat iste’molchilarni jalb qilish, balki shu bilan birga, aholini ish bilan ta’minlashga qaratilgan. ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining yangi uchta filiali ochilishi natijasida  75 taga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Aytib o‘tish joizki, har bir xodim o‘z lavozim vazifalari bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlari orqali o‘qitiladi, bu esa kompaniyaning xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga yordam beradi. Iqtidorli mutaxassislar kasbiy o‘sishi uchun yaxshi imkoniyatlar taqdim etiladi. Kompaniyada ishlash istagida bo‘lganlar o‘z anketalarini Telegram orqali https://t.me/ishonchanketabot orqali to‘ldirib qoldirishlari va https://t.me/hrfmishonch Telegram kanali orqali bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun:

+99873 515 22 22

t.me/ishonchadmin 1

Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari:

Telegram: t.me/ishonchsavdo

Instagram: instagram.com/ishonchsavdouz

Facebook: facebook.com/ishonchsavdouz

YouTube: youtube.com/c/Ishonchsavdo

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid