Jahon | 20:38 / 23.09.2022
16756
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Rossiyadan migratsiya bilan bog‘liq xatarlar yuzaga kelganda tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi 

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, mamlakat infratuzilmasi migratsiya bilan bog‘liq hozirgi holatni nisbatan og‘riqsiz o‘tkazish imkonini beradi. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi Rossiyadan mamlakatga kelayotgan fuqarolar soni o‘sishi sababli qator qozog‘istonliklarning xavotirlanishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan tushuntirish berdi.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston-Rossiya hamkorligi hamisha yuqori darajadagi ishonch va konstruktiv yondashuvlar bilan ajralib turgan. Hozirgi vaziyatda Qozog‘iston Respublikasi davlat organlari amaldagi qonunchilik va xalqaro shartnomalarga asoslanadi, deyiladi vazirlik izohida. 

«Atrofdagi har qanday murakkab geosiyosiy vaziyatda milliy xavfsizlik ustuvorligidan kelib chiqamiz. Atrofdagi turbulentlik sharoitida davlatimiz barqarorligi jiddiy sinovdan o‘tmoqda. Har qanday keskin bayonot yoki harakat murakkab vaziyatda istalmagan ta’sirni keltirib chiqarishi mumkin», - deb ta’kidlagan vazirlik. 

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, mamlakat infratuzilmasi migratsiya bilan bog‘liq hozirgi holatni nisbatan og‘riqsiz o‘tkazish imkonini beradi.                              

«Mavjud vaziyat monitoring qilinmoqda va jiddiy xatarlar yuzaga kelganida xalqaro huquq va milliy qonunchilikdan kelib chiqqan holda tegishli choralar ko‘riladi», - deyiladi tashqi ishlar vazirligi izohida.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid