Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Zakovat»ning ilk Markaziy Osiyo kubogini qozog‘istonlik bilimdonlar qo‘lga kiritishdi
24-25 sentabr kunlari Toshkentda ilk bor «Zakovat» o‘yinining sport turi bo‘yicha Markaziy Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan 48 ta jamoa ishtirok etdi. Sovrin jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil etdi.
Chempionat Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda «Zakovat» nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida tashkil etildi.
Toshkent Botanika bog‘i musobaqalar o‘tkaziladigan sport maydonchasiga aylandi. Bu yerda kubokni yuqori saviyada o‘tkazish, ishtirokchilarning dam olish paytlarida qulaylik yaratish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.
Har bir mamlakatdan milliy terma jamoalar bilan bir qatorda eng nomdor jamoalar bilan ham ishtirok etdi. Masalan, 2019 yilda intellektual o‘yinlar bo‘yicha mamlakat chempioni bo‘lgan «Monopoliya» jamoasi o‘yinchilari Qirg‘iziston kubogi uchun kurash olib borishdi. Qozog‘istondan — amaldagi vitse-chempionlar (2019), shuningdek, Markaziy Osiyo ligasining ikkinchi mavsumi chempioni «Erudit» jamoasi kurashdi. Jumladan, Tojikiston vakili sifatida ikki karra vitse-chempion «Avesta» jamoasi qizg‘in bahslarda ishtiokchisi bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoalari orasida ham yulduzlar ko‘p. Ulardan biri bu yil «Zakovat» bo‘yicha mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan va jahon chempionatida respublikamiz nomidan zakovat yuritgan «Nima? Qayerda? Qachon?" jamoasi bo‘ldi.
Musobaqaning birinchi kunida «Erudit kvinteti» saralash o‘yinlari, «Breyn ring»ning chorak va yarim final o‘yinlari, shuningdek, «Zakovat» o‘yinining ikki turi o‘tkazildi.
Ikkinchi kuni «Erudit kvinteti»ning yarim final va finali, «Zakovat»ning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi bosqichlari hamda «Breyn ring» finali bo‘lib o‘tdi va yakuniy g‘oliblarni aniqladi.
Chempionat yorqin shou-dastur bilan yakunlandi, uning har bir chiqishi Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati simbioziga asoslangan.
Ko‘tarinki a’lo kayfiyat ruhida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Uchinchi o‘rinni «Misteriya» jamoasi egallab, 40 million so‘m sovrindoriga aylandi. Mukofotni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi direktori o‘rinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyev topshirdi.
Ikkinchi o‘rinni O‘zbekistonning «Biz» jamoasi (O‘zbekiston) qo‘lga kiritdi. Ularga 60 million so‘m pul mukofotini Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoatchilik fondi direktori Nozima Davletova topshirdi.
Musobaqa g‘oliblari — Qozog‘istonning «Oddiy mehnatkashlar» jamoasiga «Zakovat» intellektual harakat prezidenti Abdurasul Abdullayev tomonidan 100 million so‘m miqdoridagi birinchi o‘rin mukofoti topshirildi.
Bosh sovrin — Kubok uchun bahs oldidan yana bir «rejadan tashqari» jamoa — KVN afsonasi «Azia miks» jamoasining maftunkor chiqishi bo‘ldi.
Bosh sovrin — Kubok uchun kechgan bahsda O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari zukkolar bahsida to‘qnash kelishdi.
Birinchi turda 5 ochkogacha O‘zbekiston peshqadamlik qildi. Biroq keyin qozog‘istonlik o‘yinchilar 2 ochkoni qo‘lga kiritishdi. Shunday bo‘lsa-da, keyingi savolda bizning terma jamoa g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Ikkinchi turda jamoalar teng bo‘lishdi. Biroq ustunlik mehmonlar tomonga o‘tdi va hisob 1:1 bo‘ldi. Hal qiluvchi uchinchi turda Qozog‘iston jamoasi g‘oliblikka to‘laqonli haqli bo‘lishdi.
Markaziy Osiyo g‘oliblariga Kubokni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov topshirdi.
Ma’lumot uchun: Zakovat kubogi yuqoriga intilayotgan beshta oltin nur ustunini ifodalaydi. Har bir ustun ishtirokchi mamlakat ramzi bo‘lib, nurlar azaldan bunyodkorlik qudrati, ma’naviy ma’rifat va bunyodkorlik quvvati ramzini bildiradi
Tavsiya etamiz
Kuzning ilk salqin haftasi – ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi
Jamiyat | 22:17 / 15.09.2025
Isroilning Qatarga hujumi: bu Turkiyaga signalmi?
Jahon | 20:55 / 15.09.2025
“Olma sirkasi” - o‘zini kasalga chiqarib, mashhurlikka erishgan bloger hikoyasi
Sog‘lom hayot | 18:45 / 14.09.2025
“Opasida 8, ukasida esa 8,5 ball” – IELTS’dan yuqori ball olgan kitobxonlar oilasi
Jamiyat | 14:01 / 14.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Tramp prezidentligi davrida Ukrainaga birinchi harbiy yordam paketini ma’qulladi
Jahon | 23:33 / 16.09.2025
-
Pedagoglarga yangi imtiyozlar va Ustyurtdagi juda katta gaz zaxirasi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:17 / 16.09.2025
-
G‘azo bosib olinmoqda: Isroil kim bilan urushyapti o‘zi?
Jahon | 23:00 / 16.09.2025
-
Zambiyada ikki erkak sehr yordamida prezidentni o‘ldirishni rejalashtirgani uchun qamaldi
Jahon | 22:55 / 16.09.2025
Mavzuga oid

21:03 / 21.08.2025
Saida Mirziyoyeva Qirg‘izistonda o‘tgan “Zakovat” turniri g‘oliblarini tabrikladi

20:27 / 18.08.2025
Bishkekda “Zakovat” III Osiyo ochiq chempionati yakunlandi

11:42 / 16.08.2025
Qirg‘izistonda «Zakovat» bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati boshlandi

19:38 / 06.08.2024