Paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan hokimlar jinoiy javobgarlikka tortiladi
Sardor Umrzoqov mazkur ish bilan shug‘ullanayotgan har qanday rahbarni prezident siyosatiga xiyonatkor deb baholash mumkinligini aytdi.

Foto: Kun.uz
Paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan hokimlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. O‘zA xabar berishicha, bu haqda prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov o‘tkazayotgan selektorda aytildi.
Umrzoqov paxta terimidagi qonunbuzilishlarni tanqid qildi.
«Viloyat rahbarlarini paxta terimida majburiy mehnatning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida alohida ogohlantirgan edik. Shunga qaramay paxta terimi bo‘yicha har kuni ijtimoiy tarmoqlarda yangi-yangi xabarlar tarqalmoqda. Endi tadbirkorlardan, budjet tashkilotlarining oddiy xodimlaridan hasharchilarni jalb qilish uchun pul yig‘ish avjiga chiqyapti ekan.
Bu holatlardan bitta xulosa qilish mumkin. Mazkur ish bilan shug‘ullanayotgan har qanday rahbarni hurmatli prezidentimiz siyosatlariga xiyonatkor deb baholash mumkin.
Bosh prokuratura (Nig‘matilla To‘lqinovich) bunday holatlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni hech ikkilanmay zudlik bilan jinoiy javobgarlikka tortishi kerak. Hududiy prokurorlar bilan birgalikda bizga qonun ustuvorligini ta’minlab berishlaringiz kerak», - dedi Sardor Umrzoqov.
Yig‘ilishda klasterlar tomonidan ham salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilayotgani to‘g‘risida ko‘plab e’tirozlar mavjudligi aytib o‘tildi.
«Klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga tuman sektor rahbarlari tomonidan bosim o‘tkazilayotganini qanday tushunish mumkin?
Shuhrat G‘aniyev, Voitov bu holatni ikki kun muddatda shaxsan o‘rganib, xalq orasida bunday noroziliklarni keltirib chiqarishga sabab bo‘ladigan sektor rahbarlari, klasterlar bo‘yicha taklif kiritinglar», degan prezident administratsiyasi rahbari.
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

14:55 / 27.05.2025
Paxta va g‘allachilikda yuqori ko‘rsatkichlarga ega sub’yektlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

17:04 / 01.05.2025
AQSh O‘zbekiston paxta sanoatini moliyalashtirganini eshitgan Ilon Mask kulib yubordi

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

20:07 / 18.03.2025