Prokurorni so‘kkan Bobolovga jazo qo‘llandi
Haqoratomuz audiolar ortidan Surxondaryo viloyati hokimi jazolandi.

Foto: Kun.uz
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovga majlis ishtirokchilarini haqorat qilgani yuzasidan jarima jazosi qo‘llandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori bilan o‘z faoliyatini davlat siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlarga mos ravishda tashkil etmagani, hokimlarga qo‘yiladigan talablarga rioya etmasdan majlis qatnashchilarini haqorat qilganligi va bu bilan keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lgani uchun Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolovga jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Ayni paytda bo‘layotgan videoselektor yig‘ilishida ham prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov Surxondaryo viloyati hokimiga dakki bergan.
«To‘ra Bobolov, siz o‘rnak bo‘lmayapsiz. Internetda chiqqan gaplarni montaj dedingiz. Lekin ekspertiza sizning ovozingizni tasdiqladi. Prezidentimiz topshirig‘i bilan sizga intizomiy jazo chorasi sifatida oylik ish haqining 40 foizi miqdorida jarima qo‘llandi.
Tegishli mutasaddilar Surxondaryo viloyatini kompleks o‘rgansin, muammolarga yechimi bilan taklif tayyorlasin, kerak bo‘lsa aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan jinoiy ish ochishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilsin», degan administratsiya rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyining ikkinchi yarmida ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning Angor tumani prokurorini haqorat qilgani aytilgan audioyozuv tarqalgandi. Unda hokim prokurorga vazifalarini bajarmagani, qolaversa, tashkilotlarga nisbatan jinoyat ishi ochgani uchun tanbeh bergan.
Viloyat hokimligi «mazkur yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tganligi sababli viloyat hokimi asabiy holatda gapirishga majbur bo‘lgan»ini ma’lum qildi.
Ko‘p o‘tmay, To‘ra Bobolovning Qiziriq tumani hokimi va klaster rahbarini qo‘pol ravishda tanqid qilgani aks etgan yangi audioyozuv paydo bo‘ldi.
To‘ra Bobolov 2019 yil aprelidan buyon Surxondaryo viloyatiga rahbarlik qilib keladi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi
O‘zbekiston | 14:50
-
O‘zbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi ish boshladi
O‘zbekiston | 14:37
-
YeI Rossiyaning Eron va Isroil o‘rtasidagi vositachiligiga qarshi
Jahon | 14:35
-
Oman Air O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 14:29
Mavzuga oid

16:05 / 02.06.2025
Ko‘p qavatli uylarda 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

12:13 / 31.05.2025
Surxondaryoda 23 ta ko‘p qavatli turar joy binosida seysmik jihatdan kamchiliklar aniqlandi

15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

11:03 / 02.05.2025