Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 10 ming dollarlik dorining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi
Olmazor tumanida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqarolar M.A. va A.A. Bektemir tumani hududida fuqaro M.ga xorijda ishlab chiqarilgan 10 ming dona “Tseftriakson” nomli dori vositasini 10 000 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ushlanib, jami 340 turdagi 7 463 quti dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:00
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
13:59 / 07.05.2026
Toshkentdagi avtobuslarda bugundan boshlab konditsionerlar yoqilmoqda
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
11:15 / 06.05.2026