Energetika vazirligiga yangi rahbar tayinlandi
Jo‘rabek Mirzamahmudov bosh vazir o‘rinbosari - energetika vaziri bo‘ldi.

Foto: Kun.uz
«O‘zkimyosanoat» raisi Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vazirligining yangi rahbariga aylandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilg‘i-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari - energetika vaziri lavozimiga tayinlandi», deyiladi xabarda.
Jo‘rabek Mirzamahmudov 1979 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 2001 yil AQShdagi Alabama universitetini, 2005 yil Toshkent kimyo-texnologiyalar institutini tamomlagan.
2006-2012 yillarda «O‘zbekneftgaz»da turli lavozimlarda ishlagan, 2012-2014 yillarda iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari, 2014-2017 yillarda «O‘zkimyosanoat» raisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2017-2018 yillarda Vazirlar mahkamasida departament mudiri lavozimida ishlagan, 2018-2019 yillarda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori, 2019 yildan «O‘zatom» agentligi bosh direktori bo‘lgan. 2019-2020 yillarda energetika vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2020 yil yanvarida «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil fevralidan yangi tashkil etilgan energetika vazirligiga rahbarlik qilgan Alisher Sultonov 2022 yil aprelida salomatligi tufayli lavozimdan ozod etilgan va shundan buyon vazirlik rahbarligi bo‘sh qolayotgandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI G7 tashabbusi doirasida Ukrainaga yana 1 mlrd yevro to‘ladi
Jahon | 15:59
-
Foto: Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 15:46
-
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 15:18
-
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
O‘zbekiston | 14:57
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025
IIVda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatildi, yangi departament tuzildi

11:24 / 06.05.2025