“O‘zbekistonga qisqa vaqtga keldik” - Rossiyadan qaytgan vatandoshlar
Rossiyada safarbarlikning 10-kuni o‘tmoqda. Kun.uz muxbiri Toshkent aeroportida bo‘lib, Moskvadan qaytib kelgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari bilan suhbatda bo‘ldi va ulardan qaytish sabablari, urushda qatnashish uchun bosimlar haqida so‘radi.
29 sentabr kuni soat 15:10da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan Moskva–Toshkent reysida, albatta, Rossiya fuqarolari ham bor edi.
Avvaliga rossiyaliklardan ham fikr olamiz degan umidda 3-4ta yosh rus yigitlari oldiga bordik va ularga savollarimiz borligini aytdik. Ne ajabki, yigitlar s’yomka qilmasligimizni, olgan kadrlarimizni o‘chirib tashlamasak, sudga berish bilan tahdid qilishdi.
Shundan keyin asosiy diqqatimiz qaratilgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari aeroportdan chiqish yo‘lagidan yurib kela boshlashdi. Ulardan nima maqsadda ortga qaytishgani, yana Rossiyaga borish niyati bor-yo‘qligi va urushga migrantlarni jalb qilish uchun bosimlar haqida so‘radik.
“Vaziyat yaxshi, hujjatlarim muddati tugagani uchun keldim. Yana qaytib ketaman. Turmush o‘rtog‘im bilan keldik. Ammo ikki o‘g‘lim Rossiyada qolgan”, – deydi bir vatandosh ayol.
Yana bir mehnat muhojiri ham aynan hujjatlarining muddati tugagani uchun qaytganini aytsa, boshqasi qaytish maqsadi qarindoshining to‘yi ekani bilan izohladi.
Biz suhbatlashgan deyarli barcha o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari ishi bitishi bilan yana RFga ishlashga qaytishini aytdi.
“Rossiyaga ketganimga 3 yil bo‘ldi. Akamning to‘yi bor, uni o‘tkazamiz, mashina olamiz. Yurt tinch bo‘lsa, urushlar to‘xtasa, qaytamiz”, – deydi yana bir hamyurtimiz.
Keluvchilar orasida talabalar ham bor. Ulardan biri o‘qishi onlayn bo‘lgani uchun qaytayotgani, yanvarda yana borishini aytdi.
“Urush Ukrainada bo‘lyapti, O‘zbekistonda vahimasi”, – deydi yana bir muhojir.
Urushga qatnashish uchun migrantlarga bosimlar bo‘lyaptimi degan savolimizga barcha javob beruvchilar bunday holat bo‘lmaganini ta’kidladi.
“Bunaqa holatlar yo‘q, urushga safarbarlik degan narsa yo‘q. Avval qanday bo‘lsa, shunday ishlab yurishibdi. Men yashayotgan joyda har holda shunday, men Moskvada ishlayman”.
“Mehnat migrantlari himoyachisi ham urushga bormaslikka chaqiryapti. Shundoq ham migrantlarning o‘ziga urushga borish borasida hech kim indamayapti. Bunaqa gaplar qayerdan chiqayotganiga hayronman”, – deydi ismini oshkor qilishni xohlamagan, uzoq yillardan beri Rossiyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik. U ham qaytish niyati borligini aytadi.
“Rossiyaliklarning chetga chiqishi ko‘p bo‘lyapti. Fuqarolariga aviachiptalar narxi oshgan, bizga unaqa emas. Bir hafta oldin sotib oldim 200 dollarga. Bu unchalik yuqori narx emas”, – deydi yana bir vatandosh.
Madina Ochilova,
Kun.uz muxbiri
Operator va montaj ustasi – Javohir G‘ayratov
Tavsiya etamiz
Yo‘llarda drift qilish, yo‘laklarni «shaxmat» kabi almashtirish – «prava»dan mahrum bo‘lishga sabab bo‘ladi
O‘zbekiston | 17:09 / 22.02.2025
“O‘tgan yili 1 km navbat bo‘lsa ham gaz quyardik” - vodiyda metan muammosi
O‘zbekiston | 10:10 / 22.02.2025
500 milliard dollarlik nafrat: Tramp nega Zelenskiyni yomon ko‘rib qoldi?
Jahon | 22:53 / 21.02.2025
Jarima ballari 12 balldan oshsa haydovchi transportni boshqarish huquqidan mahrum qilinadi
O‘zbekiston | 10:43 / 21.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Trampning mudofaa budjetlarini qisqartirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 10:17
-
FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi
O‘zbekiston | 10:00
-
Kanada Pozner va Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosariga qarshi sanksiyalar kiritdi
Jahon | 09:55
-
Makron: Yevropa Kiyevga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor
Jahon | 09:25
Mavzuga oid

09:55
Kanada Pozner va Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosariga qarshi sanksiyalar kiritdi

15:05 / 22.02.2025
Rossiyalik dezertir kasalxonaga yotqizilgan harbiylar haqidagi ma’lumotni oshkor qildi

19:36 / 14.02.2025
AQSh O‘zbekiston fuqarolarini Panamaga deport qildi

02:51 / 17.01.2025